Idrisov Xusanjon Abdujabborovich ning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sug‘oriladigan maydonlarda mosh hosildorligiga ekish muddati va me’yorining ta’sirini o‘rganish (Toshkent viloyatining o‘tloqi botqoq tuproqlari sharoitida)”, 06.01.08-O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1PhD/Qx139.
Ilmiy rahbar: Atabaeva Xalima Nazarovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Ostonaqulov Toshtemir Eshimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Negmatova Surayyo Teshaevna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Sug‘oriladigan o‘tloqi-botqoq tuproqlar sharoitida moshning «Navro‘z» va «Durdona» navlarini o‘sishi, rivojlanishi, yuqori don hosili va sifatini ta’minlaydigan maqbul ekish muddati va me’yorlarini aniqlash va ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent viloyatining o‘tloqi-botqoq tuproqlari sharoitida asosiy hamda takroriy ekin sifatida maqbul ekish muddati 12 may, 20 iyun hamda ekish me’yori 300 ming dona urug‘ bo‘lganda moshning “Durdona” va “Navro‘z” navlarini o‘sishi, rivojlanishi, fotosintetik faoliyati, hosil shakllanishi asoslangan;
moshning Durdona va Navro‘z navlarini maqbul ekish muddati  hamda me’yorida o‘simlikning fotosintetik  faoliyatiga, ya’ni barg yuzasi 28,7-34,0 ming m2/ga, fotosintez sof mahsuldorligi 12,7-10,7 g/m2 va simbiotik faoliyatiga 27,8;  31,7 ta tuganaklar soni shakllanishiga ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan;
turli ekish muddati va me’yorlari mosh navlari hosildorligiga ta’sir qilganligi aniqlanib, Durdona navida 28,4 s/ga; Navro‘z navida  26,3 s/ga hosilni ta’minlaydigan maqbullari aniqlangan va ilmiy asoslangan hamda olingan hosilni  dukkak soniga, vazniga ijobiy  korrelyasion  bog‘liqligi aniqlangan;
Toshkent viloyatining o‘tloqi-botqoq tuproqlari sharoitida asosiy va takroriy ekin sifatida etishtirilgan mosh navlarining don sifatiga maqbul ekish muddati va me’yorlari bo‘yicha 25,5-27,8% oqsil hosil bo‘lishiga ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Moshning rayonlashgan «Navro‘z» va «Durdona» navlarining o‘sishi, rivojlanishi va hosil shaklllanishiga urug‘ ekish me’yori va shunga mutanosib ravishda ekish muddatlarining ta’sirini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
bugungi kunda respublikamizda g‘o‘za-g‘alla etishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun «Sug‘oriladigan maydonlarda mosh etishtirishning intensiv texnologiyalari» bo‘yicha tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 2 martdagi № 02/021-876-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma  Toshkent viloyati  moshni «Navro‘z» va «Durdona» navlarini etishtiradigan dehqon va fermer xo‘jaliklari hamda qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar tomonidan qo‘llanma sifatida keng foydalanib kelinmoqda;
Toshkent viloyatining o‘tloqi-botqoq tuproqlarida mosh ekinini asosiy va takroriy etishtirishda navlarning ekish muddati va me’yori Yuqorichirchiq tumanida 16 ga va O‘rtachirchiq tumanida 50 ga, jami 66 ga maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 2 martdagi № 02/021-876-son ma’lumotnomasi). Natijada moshning o‘rtapishar  «Navro‘z» navi takroriy sifatida 20 iyunda ekilib 17 s/ga hosil olingan, sof foyda 1674-2014 ming so‘m, rentabellik darajasi 25,8-31,0 foizni tashkil qilgan. Moshning ertapishar navi takroriy 20 iyunda ekilib, 19 s/ga hosil olingan. Har gektardan 1874-2254 ming so‘m sof foyda olingan, rentabellik darajasi 28,8-34,7 foizni tashkil qilgan;
Toshkent viloyati Bekobod tumanida, jami 176 gektar maydonda mosh navlarini ekish me’yorlari bo‘yicha agrotexnologiyasi joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 2 martdagi № 02/021-876-son ma’lumotnomasi). Ushbu agrotexnologiyani qo‘llash natijasida fermer xo‘jaliklarda moshning o‘rtapishar «Navro‘z» navi takroriy sifatida 20 iyunda 300 ming dona/ga me’yorda ekilib 14 s hosil olingan, sof foyda 1624-1872 ming so‘m, rentabellik darajasi 23,2-29,0 foizni tashkil qilgan. Moshning ertapishar «Durdona» navi takroriy 20 iyunda gektariga 300 ming dona urug‘ ekilib,17 s/ga hosil olingan. Har gektardan 1762-2122 ming so‘m sof foyda olingan, rentabellik darajasi 26,5-32,6 foizni tashkil qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish