Ubaydullaeva Xilola Axrarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Gerbapol substansiyasi va tabletka dori shaklining texnologiyasini ishlab chiqish», 15.00.01 – Dori texnologiyasi (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Far29.
Ilmiy rahbar: Asatov Saydulla Ismatovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Nazarova Zarifa Alimdjanovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Sotimov G‘ayrat Baxtiyarovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qushtoron er ustki qismi va tubulg‘ibargli bo‘ymodaron gullariningquruq ekstraktini olish va uning asosida diuretik ta’sirga ega bo‘lgan gerbapoltabletka dori shaklining tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor qushtoron va tubulg‘ibargli bo‘ymadoron o‘simliklariaralashmasining (2:1) er ustki qismlarini quruq ekstraktini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan, ekstraksiyaning maqbul sharoitlari aniqlangan;
gerbapol tabletka dori shaklining tarkibi tanlangan va texnologiyasi yaratilgan;
quruq ekstrakt va tabletka dori shaklining sifat me’yorlari belgilangan;
quruq ekstrakt va tabletka dori shakli ko‘rinishidagi preparatning diuretikfaolligi va bezararligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Gerbapol substansiyasi va tabletka dori shaklining texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
gerbapol tabletkalari uchun vaqtincha farmakopeya maqolasining loyihasi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUKga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan («Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUKning 2019 yil 20 noyabrdagi 29/01-165-son xati, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Vaqtincha farmakopeya maqolasining tasdiqlanishi natijasida mahalliy xomashyolar asosida diuretik ta’sirga ega dori vositasini ishlab chiqish imkonini beradi;
gerbapol tabletkalari uchun tajriba-sanoat reglamenti «Remedy»QK MChJ bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (PR 42-Uz-03873/19066007-2017). Mazkur hujjatning tasdiqlanishi natijasida diuretik ta’sirga ega dori vositasi uchun me’yoriy hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilishi va ro‘yxatga olinishi ta’minlangan;
o‘tkazilgan klinik oldi sinovlar natijasida gerbapol quruq ekstrakti va tabletkalarining spesifik farmakologik faolligi tekshirilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Natijada, ishonchli diuretik ta’sirli bezarar dori vositasini ishlab chiqarish imkonini bergan.