Rajapov Alisher Jumabaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): ««Fitoferon» dorivor yig‘masining farmako-toksikologik xususiyatlari», 14.00.17 – Farmakologiya va klinik farmakologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/V159.
Ilmiy rahbar: Allaeva Munira Jurakulovna, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Far.32.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Mukarram Jurabaevna, biologiya fanlari doktori; Tursunxodjaeva Feruza Muratovna, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: «Fitoferon» dori vositasining farmako-toksikologik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor temir tanqis anemiyasining tajriba usullarida «Fitoferon»ning antianemik faolligi taniqli anemiyaga qarshi «Ferask» dori vositasidan kam bo‘lmagan samarali ta’sirga egaligi isbotlangan;
postgemorragik anemiya (PGA) kechimida «Fitoferon» dori vositasining antianemik ta’sir mexanizmi qon zardobida kamaygan erkin temir va ferritin miqdorlarining oshishi, suyak ko‘migi qizil qon tanachalarining ishlab chiqarilishining kuchayishi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor «Fitoferon» dori vositasining oqsillar sintezini oshirishi, jigarni biosintetik jarayonini faollashtirishi, gepatotrop ta’sirga egaligi va immun tizimni kuchaytirishi isbotlangan;
yangi «Fitoferon» dori vositasining mahalliy qitiqlash, kumulyativ, allergik, embriotoksik va teratogen ta’sirlarga ega emasligi hamda yurak qon-tomir, markaziy va periferik nerv tizimi faoliyatiga, ichki organlarning gistomorfologiyasiga salbiy ta’sir etmasligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
«Fitoferon» yig‘masining farmako-toksikologik xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Fitoferon» fitochoyi biologik faol qo‘shimcha uchun texnik shartlar «O‘zstandart» agentligini tomonidan tasdiqlangan (TS 02026972-001:2019) hamda uni ishlab chiqarish bo‘yicha texnologik yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tomonidan tasdiqlangan (TI 02026972-001:2019). Natijada, mahalliy xomashyo asosida samarali antianemik ta’sirga ega BFQni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq qilish imkonini bergan;
«Eritropoez jarayonini baholash usuli» (19.02.2020 y., №8n-r/57) uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazipligining 2021 yil 16 martdagi 8n-z/51-son ma’lumotnomasi). Natijada, anemiya kasalligining darajalarini, kechimini to‘g‘ri baholashda yordam beradigan tajribaviy usullarni korreksiyalash va rivojlanadigan kasalliklarni erta tashxislash hamda davolash tizimini takomillashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish