Bozorov Aminjon Nurilloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Kompozision molibdenli kuyindi va texnogen chiqindilarni qayta ishlashning samarali usulini hamda molibden va reniy ammoniy tuzlarini olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi, 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T1775.
Ilmiy rahbarlar: Negmatov Soyibjan Sodiqovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Sharipov Xasan Turabovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Yakubov Maxmudjon Maxamadjonovich, texnika fanlari doktori, professor; Qarshiev Mamarayim Sanaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kompozision molibdenli kuyindi va texnogen chiqindilarni qayta ishlashning samarali usulini hamda molibden va reniy ammoniy tuzlarini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sanoat chiqindilarining mineralogik va murakkab kompleks tarkibi aniqlanib, rangli va noyob metallarning miqdori ko‘pligi, molibden va mis oksid va sul`fid tabiatiga, reniy esa ReO-4 anion shaklida ekanligi isbotlangan;
molibden kuyindisini to‘g‘ridan-to‘g‘ri sodali ishqorlash jarayoni va molibdenni ajratib olish samaradorligiga turli xil omillarning ta’siri (soda konsentratsiyasi, Q:S nisbati, granulometrik tarkibi va ishqorlab-eritish vaqti) va kuyindini 120 g/l sodali konsentratsiyada ishqorlab eritilganda molibdenning qoldiq keklardagi ulushi 2,1% gacha kamayishi aniqlangan;
ion almashinuvchi A-100Mo va A-170 sorbentlarda molibden va reniyning sorbsiyasi sorbentlarni funksional guruhlar bilan kompleks xosil qilishi asoslangan;
molibden va reniyning turli xil ion almashinuvchi sorbentlarda sorbsiyasi va desorbsiyasining kinetikasi asosida, molibden, temir, mis konsentratlari, nordon ammoniy molibdat va ammoniy perrenat olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Kompozision molibdenli kuyindi va texnogen chiqindilarni qayta ishlashning samarali usulini hamda molibden va reniy ammoniy tuzlarini olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
molibden ishlab chiqarish sanoati chiqindi eritmalaridan molibden va reniyni ajratib olish texnologiyasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning «Noyob metallar va qattiq qotishmalar» IIChBda amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJning 2020 yil 3 sentyabrdagi 63-308-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan texnologiyani qo‘llash 80–85,0% molibdenni ajratib olish imkonini bergan;
chiqindi maydonidagi eritmalardan va keklardan molibden, mis, reniy va qimmatbaho metallarni ajratib olish texnologiyasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ «Noyob metallar va qattiq qotishmalar» IIChBda amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJning 2020 yil 3 sentyabrdagi 63-308-son ma’lumotnomasi). Natijada, molibden, mis, reniy va qimmatbaho metallarni to‘liq ajratib olish imkonini bergan.