Berdibaev Abat Sultamuratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qoraqalpog‘iston yirtqich sut emizuvchilari (Mammalia: Carnivora) gel`mintlari», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2020.2.PhD/B194.
Ilmiy rahbar: Shakarboev Erkinjon Berdikulovich, biologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Zoologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.B.52.01.
Rasmiy opponentlar: Eshova Xolisa Saidovna, biologiya fanlari doktori, dotsent; Ruziev Baxtiyor Xushmurodovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘istonning yirtqich sut emizuvchilar gel`mintlari faunasi va zooantroponoz qo‘zg‘atuvchilar turlarini aniqlash hamda gel`mintoz kasalliklarini oldini olish choralarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qoraqalpog‘iston xududi yirtqich hayvonlar gel`mintlari zamonaviy holati tahlil qilinib, 3 tip, 4 sinf, 13 turkum, 25 oila, 39 avlodga mansub 53 turlari qayd etilib, ularning 44 turi biogel`mintlar, 9 turi geogel`mintlarga mansubligi aniqlangan;
ilk bor MDH mamlakatlari faunasi uchun Dipetalonema sp. turi, Qoraqalpog‘iston faunasi uchun esa, sestodalarning 4, nematodalarning 7 turi aniqlangan;
ilk bor Qoraqalpog‘iston hududida bo‘rsiqlarda 16, bo‘rilarda 22, chiyabo‘rilarda 25, qamish mushuklarida 27, tulkilarda 40 ta gel`mint turlari qayd etilgan bo‘lib, yirtqich sut emizuvchilar zamonaviy gel`mintofaunistik komplekslarining shakllanishida tulki epizootologik nuqtai nazaridan yetakchilik qilishi aniqlangan;
yirtqich sutemizuvchilarning umumiy zararlanishi 50,4% tashkil etib, trematodozlar bilan zararlanishi 3,5%, sestodozlar – 15,5%, akantotsefalyozlar – 4,2 va nematodozlar bilan zararlanishi - 27,1% tashkil etishi ochib berilgan;
yirtqich hayvonlarning gel`mintlar bilan zararlanishining eng yuqori ko‘rsatgichi kuz davrida (63,5%), keyin yoz (55,7%), qish (46,3%) va bahor (24,4%) mavsumlarida qayd etilib, hayvonlarning zararlanishi bahorga nisbatan kuzda 2,6 baravarga oshishi asoslangan.
yirtqich sutemizuvchilar va ularning gel`mintlari o‘rtasida biotsenotik aloqalar amalga oshishi aniqlangan hamda Qoraqalpog‘iston xududida tabiiy va antropogen omillar ta’siri ostida yirtqichlar gel`mintofaunistik komplekslarining shakllanish yo‘llari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Qoraqalpog‘iston yirtqich sut emizuvchilari (Mammalia: Carnivora) gel`mintlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uy va yovvoyi yirtqich sut emizuvchi hayvonlari dirofilyariozlari va ularning oldini olish bo‘yicha ishlab chiqiligan chora-tadbirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi veterinariya amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2021 yil 5 yanvardagi 33/04-03-son ma’lumotnomasi). Natijada, Bo‘zatov, Kegeyli va Qanliko‘l tumanlari xo‘jaliklarida itlarning dirofilyarioz bilan zararlanishi keskin kamaytirish imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston xududida yirtqich hayvonlar dirofilyariozining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining amaliyotiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 4 yanvardagi 01/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, dirofilyarioz qo‘zg‘atuvchisi bilan itlarning zararlanish darajasi kamaytirish va kasallik qo‘zg‘atuvchisining odamlarga uzatilish zanjirini uzish imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining yirtqich hayvonlari gel`mintlarining 2 tip, Cestoda va Nematoda sinflariga mansub 24 turdan iborat namunalari respublikada yetakchi bo‘lgan «Zoologiya kolleksiyasi» noyob ob’ektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 12 yanvardagi 4/1255-92-son ma’lumotnomasi) Natijada, namunalar yovvoyi sut emizuvchilar gel`mintlari fondini boyitgan va gel`mintlar turlari xilma-xilligini aniqlash hamda sistematik tahlil qilish imkonini bergan.