Shukurova Fazilat Narmamatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali gepatitlar bilan kasallangan bemorlarda assotsiirlangan artritning kechishi va davolashning xususiyatlari», 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1157.
Ilmiy rahbar: Karimov Ma’rif Shakirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc 04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Xalmurad Sadullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Sabirov Maksud Atabaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali gepatit S bilan og‘rigan bemorlarda HCV assotsiirlangan artritning klinik namoyon bo‘lishi va davolash hususiyatlarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali virusli gepatit S bilan assotsiirlangan artritda virusli gepatit S ning davomiyligi uzayishi, uning faollik darajasi oshishi, virusning 1b genotipi, bo‘g‘imlarning ul`tratovush tekshiruvi bo‘yicha sinovit va periartrit mavjudligi orasida bog‘liqlik aniqlangan;
sinovit va periartritning davomiyligi va og‘irlik darajasi ko‘rsatkichlari surunkali gepatit faollik darajasining ortishi hamda virusning 1b genotipi orasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
yallig‘lanish oldi sitokinlari - interleykin-6 polimorfizmi, α-o‘sma nekrozi omilining ekspressiyasi kasallikning rivojlanishi va kechishining prognostik markeri sifatida asoslangan;
surunkali gepatit S bilan assotsiirlangan artritli bemorlarda yallig‘lanishga qarshi davo samaradorligi va xavfsizligi baholanib, kasallikning belgilari kamayishiga olib kelishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali gepatitli bemorlarda assotsiirlangan artritni kechishi va davolashning xususiyatlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
surunkali virusli gepatit bilan assotsiirlangan artritni tashhislash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan “Surunkali virusli gepatit bilan assotsiirlangan artritni tashhislash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligini 2020 yil 31 dekabrdagi 8n-r/662-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma HCVaA ning kechishini bashorat qilish va erta tashhislashni muqobillashtirish imkonini bergan;
gepatit C bilan assotsiirlangan artritning davolash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan “Gepatit C bilan assotsiirlangan artritning davolash sxemasi” uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligini 2020 yil 31 dekabrdagi 8n-r/663-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma HCVaA ni davolash tadbirlari samaradorligini, turg‘un remissiya yoki residiv holatlarini baholash imkonini bergan.
Surunkali gepatit bilan og‘rigan bemorlarda assotsiirlangan artritni kechishi, tashhislash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy markazi va Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani tibbiyot birlashmasi amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligini 2021 yil 31 martdagi 8n-d/59-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi, erta tashhislashni, kasallik kechishini bashorat qilish, kelib chiqadigan asoratlarni o‘z vaqtida oldini olishni muqobillashtirish hamda bemorlar hayot sifatini yaxshilab, davolash chora-tadbirlarining samaradorligini oshirish imkonini bergan.