Parpibaeva Dinora Ayupovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali virusli gepatitlarda jigarning funksional-metabolik o‘zgarishlarini davolashni optimallashtirish», 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari)..
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Tib413.
Ilmiy maslaxatchi: Karimov Ma’rif Shakirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akaademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, 04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Mirvasit Mirvasikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rustamova Mamlakat Tulabaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor, Sabirov Maksud Atabaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali virusli gepatitlar bilan og‘rigan bemorlarda jigar fibrozini noinvaziv tashhislash va davolash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jigar fibrozi rivojlanishi xavfi bor bemorlarning tekshirish standartiga molekulyar-genetik tekshirish usullarini joriy qilish yordamida kasallik asoratlarining rivojlanishida genetik omillarning ahamiyati isbotlangan;
surunkali virusli gepatit va jigar sirrozida fibrozning rivojlanish va avj olish darajasi molekulyar-genetik xususiyatlarining klinik-biokimyoviy, elastrografiya ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligi aniqlangan;
surunkali virusli gepatit va jigar sirrozi mavjud bemorlarda mikroRNK-122 ekpressiya diapazoni fibroz bosqichlariga bog‘liq ravishda o‘zgarishi aniqlangan;
surunkali virusli gepatitlarning asoratlari rivojlanishida mikroRNK-122 ekpressiya darajasining pasayishi prognostik marker sifatida isbotlangan;
surunkali virusli gepatitlar asoratlari sifatida jigar sirrozi rivojlanishini bashoratlashga asoslangan davolash usullari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali virusli gepatitlarning oqibatlari rivojlanishining klinik-patogenetik va genetik jihatlarining prognostik axamiyatini baholash natijalari asosida:
surunkali virusli gepatitlarda jigar fibrozini tashhislash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Surunkali virusli gepatitlarda jigar fibrozini tashhislash sxemasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 31 dekabrdagi 8n-r/661-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma surunkali virusli gepatitlarda jigar fibrozini tashxislashni takomillashtirish imkonini bergan;
jigar fibrozini aniqlash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Jigar fibrozini aniqlashning skrining usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 31 dekabrdagi 8n-r/667-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma surunkali virusli gepatitlarda skrining usuli orqali kasallik asoratlarini rivojlanishini erta aniqlash va asoratlar tufayli kelib chiqadigan nogironlikning oldini olish imkonini bergan;
surunkali virusli gepatitlarda jigar fibrozini davolash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Surunkali virusli gepatitlarda jigar fibrozini davolash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 31 dekabrdagi 8n-r/660-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma surunkali virusli gepatitlarda samarali davolash usulini tanlash, jigar sirrozigacha bo‘lgan davrni uzaytirish va o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirishga imkon bergan;
surunkali virusli gepatitlarning asoratlari bo‘yicha bemorlarda klinik-patogenetik va genetik jihatlarining prognostik axamiyatini baholashni takomillashtirish olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash sohasi amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy markazi va Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani tibbiyot birlashmasi amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligini 2021 yil 31 martdagi 8n-z/58-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi, erta tashhislashni, kasallik kechishini bashorat qilish, o‘z vaqtida kelib chiqadigan asoratlarni oldini olishni muqobillashtirishga, hamda bemorlar hayot sifatini yaxshilab, davolash chora-tadbirlarining samaradorligini oshirish imkonini bergan.