Abdullaeva Umida Kurbanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali xelikobakter bilan assotsiyalangan gastritlarda atrofik transformatsiya xavfini bashoratlash» 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Tib1068.
Ilmiy rahbar: Sobirova Guzal Naimovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy  tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Shodikulova Gulandom Zikriyaevna, tibbiyot fanlari doktori; Xayruddinov Rafik Vaxidovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: Surunkali gastrit bilan og‘rigan bemorlarda patomorfologik va funksional bog‘liqliklarni baholash va keyinchalik oshqozonda atrofik, meta- va displastik jarayonlar xavfini bashoratlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali gastritda oshqozon shilliq qavati atrofiyasini tashxislash uchun tavsiya etilgan pepsinogen I va pepsinogen II ni aniqlashga asoslangan noinvaziv usulning afzalligi isbotlangan;
oshqozon shilliq qavati atrofik jarayonlari tashxisida pepsinogen I va pepsinogen II serologik markerlari invaziv morfologik tekshirish (OLGA tizimi)ga muqobil usul sifatida asoslangan;
surunkali H. pylori assotsiyalangan gastrit bilan og‘rigan bemorlarda oshqozon shilliq qavati atrofik jarayonlarini baholashda pepsinogenlarning miqdori prognostik marker sifatida isbotlangan;
ilk marta Buxoro viloyati misolida nokardial oshqozon saratoni bilan kasallanishning sababi sifatida H. pylori assotsiyalangan atrofik gastritning ahamiyati aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Surunkali H. pylori bilan assotsirlangan gastritda atrofik jarayonlarni serologik  tashxislash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar  asosida:
surunkali gastritda mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olgan holda atrofik o‘zgarishlarni erta tashxislash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Surunkali gastritda mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olgan holda atrofik o‘zgarishlarni erta tashxislashning yangi usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 oktyabrdagi 8n-r/337-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma oshqozon shilliq qavati atrofik jarayonlarini erta tashxislash va oldini olish imkonini bergan;
surunkali gastritda mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olgan holda oshqozonda atrofik jarayonlarni erta tashxislash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Surunkali gastritda mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olgan holda oshqozonda atrofik jarayonlarni erta tashxislash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 23 noyabrdagi 8n-r/468-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma aholi orasida oshqozon shilliq qavatidagi atrofik o‘zgarishlarini erta bosqichlarida aniqlash imkonini bergan;
surunkali H. pylori bilan assotsirlangan gastritning serologik jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali va Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 26 noyabrdagi 8n-d/207-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarni amaliyotga tatbiq etish diagnostika sifatini oshirishga, kasallikning rivojlanish xavfini va og‘irligini bashorat qilishga, kasalxonada bo‘lish muddatini qisqartirishga va shu bilan bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish