Kdirbaeva Xurliman Mangitbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan  fan tarmog‘i): “Umumta’lim maktablari o‘quvchilarida ijtimoiy intellektni rivojlantirish texnologiyasi”. 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped4953.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti.
Ilmiy rahbar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Adizov Baxtiyor Raxmonovich pedagogika fanlari doktori, professor; Ortiqov Azizbek Ulug‘bekovich falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot:  Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablari o‘quvchilarida ijtimoiy intellektni rivojlantirish texnologiyasini takomil-lashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smir yoshidagi o‘quvchilarda ijtimoiy intellektni rivojlantirish tuzilmasi kognitiv, emotsional, xulq-atvorga doir bloklar tarkibiga ijtimoiy intuisiya, bashoratlash va moslashuv parametrlarini tizim tarkibiy asosi sifatida kiritish, shaxslararo munosabatlar jarayonida nizoli vaziyatlar profilaktikasi dominant ekanligini asoslash orqali aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarda ijtimoiy intellektni rivojlantirishga doir hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish bosqichlari o‘quv-tarbiya jarayonida birgalikdagi harakatning kooperativlikka asoslangan, komandada ishlash, kommunikabellik, liderlik kompetensiyalarini shakllantirish imkonini beruvchi o‘z-o‘zini baholash va muntazam tuzatishlar kiritib borishga moslashtirilgan pedagogik algoritmni ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda ijtimoiy intellektni rivojlantirishning pedagogik andozasi parallepiped ko‘rinishidagi uch o‘lchamli va “intellekt tuzilmalari” nazariy  modellariga tayangan holda hamkorlikda ishlashning “birgalikda-individual”, “birgalikda-ketma-ket”, “birgalikda-o‘zaro harakatlanuvchi” shakllarini o‘quv faoliyati turlari bilan gorizontal va vertikal aloqaga kirishish darajasini bevosita hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
vitagen ta’lim asosida o‘quvchilarda ijtimoiy intellektni rivojlantirish texnologiyasining tashkiliy-protsessual komponenti hayotiy tajribaga asoslangan o‘yin va mashqlarni ishlab chiqish, shaxsiy salohiyatni namoyon etishga imkon beruvchi TRIZ-pedagogikasi bo‘yicha mashg‘ulotlarni loyihalash yo‘llarining produktivlik darajasini empirik baholash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim maktablari o‘quvchilarida ijtimoiy intellektni rivojlantirish texnologiyasiga doir tadqiqot natijalari asosida:
o‘smir yoshidagi o‘quvchilarda ijtimoiy intellektni rivojlantirish tuzilmasini kognitiv, emotsional, xulq-atvorga doir bloklar tarkibiga ijtimoiy intuisiya, bashoratlash va moslashuv parametrlarini tizim tarkibiy asosi sifatida kiritish, shaxslararo munosabatlar jarayonida nizoli vaziyatlar profilaktikasi dominant ekanligini asoslash orqali aniqlashtirishga doir takliflardan “Tarbiya” fani Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2020  yil 29 iyundagi 01/11-03/03-636-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Tarbiya” fanini o‘qitish mazmunining ijtimoiy kompetentlikka doir o‘quv materiallari bilan boyitishga erishilgan;
o‘quvchilarda ijtimoiy intellektni rivojlantirishga doir hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish bosqichlarini o‘quv-tarbiya jarayonida birgalikdagi harakatning kooperativlikka asoslangan, komandada ishlash, kommunikabellik, liderlik kompetensiyalarini shakllantirish imkonini beruvchi pedagogik algoritmni ishlab chiqish orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun “Tarbiya” fani Konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2020  yil 29 iyundagi   01/11-03/03-636-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda ijtimoiy kompetensiyalarni baholash matrisasi ishlab chiqilib, ta’lim oluvchilarda axloqiy sifatlar va hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirishning diagnostik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarda ijtimoiy intellektni rivojlantirishning pedagogik andozasini ishlab chiqishda parallepiped ko‘rinishidagi uch o‘lchamli va “intellekt tuzilmalari” nazariy  modellariga tayangan holda hamkorlikda ishlashning “birgalikda-individual”, “birgalikda-ketma-ket”, “birgalikda-o‘zaro harakatlanuvchi” shakllarini o‘quv faoliyati turlari bilan gorizontal va vertikal aloqaga kirishish darajasini bevosita hisobga olish, vitagen ta’lim asosida o‘quvchilarda ijtimoiy intellektni rivojlantirish texnologiyasining tashkiliy-protsessual komponenti hayotiy tajribaga asoslangan o‘yin va mashqlarni ishlab chiqish, shaxsiy salohiyatni namoyon etishga imkon beruvchi  TRIZ-pedagogikasi bo‘yicha mashg‘ulotlarni loyihalash yo‘llarining produktivlik darajasini empirik baholash orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Tarbiya” fani bo‘yicha o‘quvchilarning o‘quv ko‘nikmalarini baholash va o‘lchash tizimi”ga doir me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2020  yil  29 iyundagi 01/11-03/03-636-son ma’lumotnomasi). Natijada, vitagen ta’lim texnologiyasini qo‘llash asosida o‘quvchilarda ijtimoiy intellekt va kompetentlikni rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish