Djuraev Ravshan Xurramovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumot.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda chorvachilik: ahvoli va muammolari (1917-1941 yy.)” 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tar282
Ilmiy rahbar: Shadmanova Sanavar Bazarbaevna, tarix fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasasi nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04
Rasmiy opponentlar: Rajabov Qaxramon Kenjaevich, tarix fanlari doktori, professor, Qobilov Eshbolta Otamurodovich, tarix fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi 1917–1941 yillarda O‘zbekistonda ro‘y bergan siyosiy va iqtisodiy jarayonlar natijasida, qishloq xo‘jaligi, xususan, chorvachilik sohasidagi o‘zgarishlarni ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chorvachilikning umumiy ahvoli uchta bosqichda namoyon bo‘lib, birinchisida – mintaqadagi siyosiy ixtiloflar tufayli chorva sonining kamayishi 1917–1920 yy.), ikkinchisida – chorvachilikni rivojlantirish uchun dastlabki sa’y-harakatlar (1920–1930 yy.), uchinchisida – chorvachilikka ixtisoslashtirilgan sovxozlar va fermalarni tashkil etish orqali markazlashgan holda boshqarishga o‘tilganligi (1931–1941 yy.) isbotlangan;
1930 yillarda zotdor chorva turlarini saqlab qolish hamda ko‘paytirish uchun nasl ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida naslchilik-seleksiya ishlarini yo‘lga qo‘yilishi, chorva mollarining tabiiy iqlim sharoitlariga mos, kasalliklarga chidamli krasnostel`, qora-ola, golland, shvis, latviya qo‘ng‘ir zotlarining Ukraina, Estoniya, Latviyadan import qilinishi sohani tanazzuldan saqlab qolganligi aniqlangan;
O‘zbekistonning asosan Surxondaryo, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari tog‘li hududlarida yuqori sifatli go‘sht, yog‘ hamda jun mahsulotlari uchun boqilgan hisori qo‘y zotlari 1930-1940 yillarda ko‘proq boshqa turdagi qo‘ylarni chatishtirish va shu orqali zotdor qo‘ylar naslini saqlab qolish uchungina foydalanilganligi aniqlangan;
1917-1941 yillarda respublikada chorvachilik turlariga nomutanosib e’tibor tufayli yilqichilik va qoramolchilik sohasida salbiy holatlar kam kuzatilganligi, qo‘ychilik sohasida esa davlat manfaati uchun qorako‘l qo‘y turlariga ko‘proq e’tibor berilib, aholi iqtisodiy hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan dumbali qo‘ylar soni va sifati esa pasayib borganligi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1917–1941 yillarda O‘zbekistonda chorvachilik tarixiga doir olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
chorvachilikning umumiy ahvoli uchta bosqichda namoyon bo‘lib, birinchisida – mintaqadagi siyosiy ixtiloflar tufayli chorva sonining kamayishi, ikkinchi – chorvachilikni rivojlantirish uchun dastlabki sa’y-harakatlar, uchinchisida – chorvachilikka ixtisoslashtirilgan sovxozlar va fermalarni tashkil etish orqali markazlashgan holda boshqarishga o‘tilganligi kabi yangi faktlarga asoslangan ilmiy natijalaridan Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan QX-A-QX-2018-95-“Chetdan keltirilgan qoramollarning mahsuldorligini oshirish va pushtdorlik xususiyatlarini yaxshilashning texnologik usullarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy grant doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 22 sentyabrdagi 02/23-1260-son ma’lumotnomasi). Ushbu natijalar ilmiy tadqiqot institutining faoliyatidagi respublikada chorvachilik mahsulotlari etishtirishni ko‘paytirish va chorva mollarini naslchilik an’analarini tiklashga qaratilgan tadqiqotlarni ilmiy manbalar bilan boyitilishiga xizmat qilgan;
1930 yillarda zotdor chorva turlarini saqlab qolish hamda ko‘paytirish uchun nasl ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida naslchilik-seleksiya ishlarini yo‘lga qo‘yilishi, chorva mollarining tabiiy iqlim sharoitlariga mos, kasalliklarga chidamli krasnostel`, qora-ola, golland, shvis, latviya qo‘ng‘ir zotlarining Ukraina, Estoniya, Latviyadan import qilinishi sohani tanazzuldan saqlab qolganligi, xususiy chorvachilik va davlat chorvachiligi bir-biriga nomutanosib ravishda yo‘nalganligi aniqlanib, bol`sheviklarning agrar sohadagi islohotlar natijasida xususiy chorvachilik tanazzulga yuz tutib, uning ulushi 70 foizga kamayganligi, aksincha sovxoz va fermalarining tashkil etilishi oqibatida mazkur tarmoq iqtisodiyotidagi davlat daromadining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lganligiga oid natijalardan “O’zbekiston tarixi” telekanalidagi “Etno” ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda foydalangan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 6 apreldagi 02-40-507-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi teletomoshabinlarda sobiq sovet davrida chorvachilikning holati to‘g‘risidagi tasavvurlarini boyitishga xizmat qildi;
O‘zbekistonning asosan Surxondaryo, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari tog‘li hududlarida yuqori sifatli go‘sht, yog‘ hamda jun mahsulotlari uchun boqilgan hisori qo‘y zotlari 1930-1940 yillarda ko‘proq boshqa turdagi qo‘ylarni chatishtirish va shu orqali zotdor qo‘ylar naslini saqlab qolish uchungina foydalanilganligi, shuningdek chorvalar sonini oshirish hamda zotdor chorva turlarini saqlab qolish, ko‘paytirish maqsadida sonini ko‘paytirish ishlari sohani tanazzulga uchrashidan saqlab qolish, chorva mahsulotlarini qayta ishlash, texnik uskunalar bilan ta’minlash, chorvalarning yo‘qolib borayotgan turlarini saqlab qolish maqsadida naslchilikni rivojlantirish kabi taklif va ilmiy xulosalaridan 2015 yil 29 dekabrda qabul qilingan O‘RQ-397-son O‘zbekiston Respublikasining “Veterenariya to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan 2019 yil 11 oktyabrda ma’qullangan O‘RQ-583-son “Ba’zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi ning 11-moddasining e) bandida ko‘rsatilgan veterinariya ekspertizasini amalga oshirishiga oid me’yorlarini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va Ekologiya Qo‘mitasining 10-10/815-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar sohaga oid me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirishga xizmat qilgan.