Ergashev Ilhom Yuldashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nemischa o‘zlashmalarning sotsiolingvistik va struktur-semantik tadqiqi (hozirgi o‘zbek tili materiallari asosida)”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil.926.
Ilmiy rahbar: Ravshanov Mahmud, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Umarxo‘jaev Muxtar Ishanxo‘jaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Iskandarova Sharifa Madalievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi o‘zbek tilida nemischa o‘zlashma qatlam leksemalarining lisoniy va sotsiolingvistik xususiyatlarini o‘rganish holati hamda ularning dinamikasi va taraqqiyotidagi asosiy tamoyillarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilidagi nemischa o‘zlashmalarning struktur va semantik xususiyatlari falsafa, semiotika, mantiq hamda kognitologiyadagi ilmiy xulosalar asosida leksik olinmalarning struktur, semantik, kognitiv va etnolingvistik belgilari aniqlangan;
o‘zbek tilidagi nemischa leksemalarda semantik siljishlar, xususan, ma’no kengayishi, torayishi, o‘zgarishiga xos semantik derivatsiya muammolari echimiga oid amaliy, ideografik hamda leksikografik tavsiyalar ishlab chiqilgan;
o‘zlashma qatlam leksemalarining ijtimoiy omillari tavsifida internatsionalizmlar, ekzotik leksika, regionalizmlar, etnonimizmlar, varvarizmlar, realiy kabi o‘zlashma qatlam leksemalarining lisoniy-ijtimoiy asoslari dalilllangan;
o‘zbek tilidagi nemischa o‘zlashma qatlam leksikasining o‘sish dinamikasidagi o‘zgarishlarning leksikografik hamda terminologik mezon va parametrlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tili leksikografiyasi va terminografiyasidagi nemischa o‘zlashma so‘zlarni tadqiq etish asosida:
o‘zbek tilidagi nemischa leksemalarda semantik siljishlar, xususan, ma’no kengayishi, torayishi, o‘zgarishiga xos semantik derivatsiya muammolar echimiga oid xulosalardan BV-F2-010 raqamli “Kon uskunalari detallarini termotsiklik ishlov berish texnologiyasini ishlab chiqish va ilmiy asoslash” mavzusidagi fundamental loyiha doirasida konchilik institutida detallarni ishlab chiqishda terminologik izohlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 89-04-1857-son ma’lumotnomasi). Natijada nemischa o‘zlashma qatlam leksik birliklari ma’no va izohlaridan foydalanish imkoniyati kengaygan;
o‘zbek tilidagi nemischa o‘zlashmalarning struktur va semantik xususiyatlari falsafa, semiotika, mantiq hamda kognitologiyadagi ilmiy xulosalar asosida bu kabi leksik olinmalarning struktur, semantik, kognitiv va etnolingvistik belgilariga oid xulosalardan BV-F2-010 raqamli “Kon uskunalari detallarini termotsiklik ishlov berish texnologiyasini ishlab chiqish va ilmiy asoslash” mavzusidagi fundamental loyiha doirasida konchilik institutida kon uskunalari detallarini termotsiklik ishlov berish texnologiyasini ishlab chiqish va ilmiy asoslashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 89-04-1857-son ma’lumotnomasi). Natijada detallar ishlab chiqishda aniq o‘lchovlarni belgilashga erishilgan.
hozirgi o‘zbek tilida nemischa o‘zlashmalar yuzasidan olingan ilmiy natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi “Navoiy” telekanalining “Til – millat ko‘zgusi”, “Davlat tili va ta’lim taraqqiyoti”, “Davlat tili taraqqiyotida termin, terminologiya va nomenklatura” kabi ko‘rsatuvlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi “Navoiy” telekanalining 2019 yil oktyabrdagi 3082-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuvlar ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilib, ularning ilmiy-ma’rifiy saviyasini oshirish imkonini bergan.