Turniyazova Shahnoza Nigmatovnaning 
filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Matn derivatsiyasida leksik vositalarning o‘rni», 10.00.11 – til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/Fil126.
Ilmiy maslahatchi: Dadaboev Hamidulla  Aripovich,  filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Hakimov Muhammad  Xo‘jaxonovich, filologiya fanlari doktori, professor; Jumanazarova Guljahon Umurzoqovna, filologiya fanlari doktori, professor; Murodova Nigora Kulievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi hozirgi o‘zbek tili materiali asosida matn derivatsiyasida leksik-morfologik vositalarning o‘rni, shuningdek matn voqelanishining derivatsion xususiyatlari hamda uning kognitiv-pragmatik masalalari talqinini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilshunosligida ilk bor abzats, paragraf hamda boblar katta makromatnlarning hosila strukturasi ekanligi, bu strukturada tayanch vosita yetakchilik qilishi yoritilib, ularning derivatsion tamoyillari gap va murakkab sintaktik qurilmalarning tamoyillaridan operator, operand hamda derivatni aniqlanishi bilan farq qilishi isbotlangan;
makromatn komponentlarining va umumiy matn strukturasining radial va bevosita bog‘lanishli nutq mahsuli ekanligi, matn komponentlarining bunday bog‘lanishi hosila strukturani tashkil etishi,  bunda derivatsiya operatori vazifasida keluvchi leksik takror, kirish so‘z, so‘z birikmalari yetakchilik qilishi dalillangan;
makromatn tarkibada birdan ortiq operatorlar mavjud bo‘lishi, bu hodisa esa derivatsion jarayonda hosilalardan hosila shakllanishiga olib kelishi aniqlangan;
leksik vositalar bilan birga morfologik vositalar ham abzatslararo bog‘lanishni yuzaga keltirishi mumkinligi va bunday holatlarda ular superoperator maqomini olishi misollar asosida ochib berilgan;
leksik, semantik, morfologik, sintaktik vositalar matn derivatsiyasida  asosiy unsur ekanligi, ularning derivatsion jarayonda operator maqomida kelishi isbotlangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Matn derivatsiyasida leksik vositalarning o‘rnini o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida: 
matn derivatsiyasida leksik, semantik, morfologik, sintaktik vositalarning o‘rni bo‘yicha olingan ilmiy-nazariy natijalar OT-F8-062  raqamli “Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 12 avgustdagi 89-03-2777-son ma’lumotnomasi). Natijada grant doirasida yaratilgan «O‘zbek tili derivatsion sintaksisi» monografiyasi tarkibiga kiritilgan «Abzats va uning lingvistik maqomi», «Abzats – ustpredikativ hodisa» «Abzats derivatsiyasi»  kabi fasllar derivatsion jarayonda makromatnlarning operatorini aniqlash va uning o‘rnini belgilash singari nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
makromatn komponentlari hamda umumiy matn strukturasining derivatsion xususiyatlari, derivatsiya operatori vazifasida keluvchi leksik takror, kirish so‘z, so‘z birikmalari yetakchilik qilishi xususidagi xulosalardan OF-F8-027 raqamli “Qo‘lyozma manbalarning milliy ma’naviy va adabiy meros targ‘ibotidagi ahamiyati” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 11 dekabrdagi 89-03-5203-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha doirasida olib borilgan tadqiqotlarning tahlil qismida matnning murakkab qismlarini yoritish haqidagi xulosalarning mukammalashuviga erishilgan; 
leksik, semantik, morfologik vositalarning abzatslararo bog‘lanishni yuzashga keltirishi mumkinligi, bunday holatlarda ular superoperator maqomini olishi doir takliflardan 5.1.17-raqamli “Sharq mumtoz adabiyotida komil inson konsepsiyasi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 11 dekabrdagi 89-03-5203-son ma’lumotnomasi). Natijada komil inson g‘oyasi bilan sug‘orilgan matnlar tarkibida inson tafakkuri, uning kognitiv xususiyatlari tahlili, matnning pragmatik ko‘rsatgichlari uning derivatsion xususiyatlarini yoritish orqali markazida komil inson g‘oyasi ilgari surilgan matnlarning shakllanish mexanizmlarini aniqlash, komil inson konsepsiyasi bilan bog‘liq matn komponentlarining o‘zaro bog‘lanishi, unda freym tushunchasi hamda uning inson omili bilan bog‘liq jihatlarini asoslashga erishilgan;
sintaktik derivatsiya tushunasi, sintaktik semantika masalasi, muayyan gapning yoxud matnning shakllanishi bog‘liq bo‘lgan voqelik haqidagi inson tafakkuri doirasida voqelanuvchi umumiy mazmuniy struktura haqidagi hamda ushbu semantik tahlil ko‘proq gapni va gapdan katta bo‘lgan birliklarni, aniqrog‘i,  murakkab sintaktik qurilma qolipidagi mikromatnlarni nazarda tutishiga doir taklif va tavsiyalaridan “Deutsch” (“Nemis tili”) darsligida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 12 avgustdagi 89-03-2777-son ma’lumotnomasi). Natijada darslikdagi nazariy fikrlarning mazmun-mundarijasi kengayib, ilmiy-nazariy qarashlarlarning mukammal darajaga etishiga hissa bo‘lib qo‘shilgan;
matn derivatsiyasida leksik vositalarning o‘rniga bag‘ishlangan  tadqiqotning ilmiy natijalari Samarqand davlat chet tillar instituti “5120200-Tarjima nazariyasi va amaliyoti”, “5120100-filologiya va tillarni o‘qitish”, “5111400-Xorijiy til va adabiyot” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari mutaxassisliklarining malaka talablariga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 12 avgustdagi 89-03-2777- son ma’lumotnomasi). Natijada tegishli mavzular mazmuni ilmiy-nazariy dalillar bilan boyitilgan;
katta sintaksisga oid mulohazalar, sintaktik semantika masalasiga doir taklif va tavsiyalaridan “Theoretical English Grammar” (“Ingliz tilining nazariy grammatikasi”) nomli darsligida ayrim mavzularni yoritishda, shuningdek, gap strukturasining kengayishiga, sintaktik qurilmalarda semantik bog‘lanish, mikro- va makromatnlarga doir takliflardan foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 12 avgustdagi 89-03-2777-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur daslikning matn nazariyasiga oid qismining kognitiv-pragmatik xususiyatlari hamda gapning lingvistik maqomi to‘g‘risidagi ma’lumotlari nazariy fikrlar bilan boyitilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish