Toshboltaeva Tojixon Abdilhamidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Fazliy Namangoniy: “Majmuai shoiron”da an’anaviylik va o‘ziga xoslik », 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Fil961.
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Habibullo Abdusalomovich, filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Tojiboeva Muqaddas Abdurahimovna, filologiya fanlari doktori, Jo‘raboev Otabek Rustambek o‘g‘li, filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Abdulkarim Fazliy Namangoniy adabiy merosining o‘zbek va tojik adabiyotidagi, xususan, “Majmuai shoiron”ning o‘zbek tazkirachiligidagi o‘rni va o‘ziga xosligi, Qo‘qon adabiy hayotidagi mavqeini aniqlash va tiklash, tazkirada zikr etilgan ma’lumotlar hamda shoirlar asarlarining adabiy-badiiy va ma’rifiy qimmatini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Majmuai shoiron” mavjud tazkiralardan farqli o‘laroq, zullisonaynlik an’analari asosida yozilganligi, shoirlar ijod namunalarining to‘liq holda havola qilinganligi, bayon uslubi (nazmda yozilganligi), tatabbu’larning devon tuzish an’analari asosida joylashtirilganligi bilan farqlanishi, tazkiradagi an’anaviylik va yangilanish masalalari yoritilishi asoslangan;
tazkira umumiy mundarijasining dastlabki masnaviylarida she’rlari keltirilgan shoirlar haqidagi darj va fazllar orqali XIX asr birinchi choragida ijod qilgan, o‘zbek adabiyoti tarixida hali nomlari ma’lum bo‘lmagan shoirlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkinligi aniqlangan;
“Majmuai shoiron” o‘zbek mumtoz adabiyotida alohida ahamiyatga molik tazkira bo‘lib, majmuada zikr etilgan 88 nafar ijodkor va ularning asarlari ko‘p asrlik milliy adabiyotimiz tarixida chinakam “oltin davr” yaratganligi ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan;
Qo‘qon adabiy muhiti lirik va epik asarlar bilan bir qatorda, tazkira va bayozlar tuzilgan adabiy markaz ekanligi ilmiy dalillar asosida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qo‘qon adabiy muhitini o‘zida aks ettirgan “Majmuai shoiron” tazkirasidagi an’anaviylik va o‘ziga xoslik masalalariga bag‘ishlangan mazkur tadqiqot natijalari asosida:
“Majmuai shoiron” o‘zbek mumtoz adabiyotida alohida ahamiyatga molik tazkira bo‘lib, majmuada zikr etilgan 88 nafar ijodkor va ularning asarlari ko‘p asrlik milliy adabiyotimiz tarixida chinakam “oltin davr” yaratganligiga oid xulosalar A-1-099 raqamli 2015-2017 yillarda bajarilgan “O‘zbekistonning barqaror strategik taraqqiyotida fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish va ma’naviy-axloqiy xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyalarining ahamiyati” mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 sentyabrdagi 89-03-30-78-son ma’lumotnomasi). Natijada 2017 yilda nashr etilgan “Barkamol insonni tarbiyalash – davr talabi” nomli o‘quv-uslubiy ko‘rsatma ma’naviy yangilanishlar va ularning zamonaviy barkamol inson tarbiyasiga ta’siri bilan bog‘liq ilmiy materiallar bilan boyitilgan;
tazkira umumiy mundarijasining dastlabki masnaviylarida she’rlari keltirilgan shoirlar haqidagi darj va fazllar orqali XIX asr birinchi choragida ijod qilgan, o‘zbek adabiyoti tarixida hali nomlari ma’lum bo‘lmagan shoirlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkinligi aniqlanganligiga oid tahlillardan 2003-2007 yillarda bajarilgan F – 7.2.1 raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik liseylar va kasb-hunar kollejlarida o‘zbek tili va adabiyoti fanlarini o‘qitishning innavatsion metodlari” mavzusidagi fundamental loyihaning” “O‘rta ta’lim maktablarida o‘zbek mumtoz adabiyoti fanini innavatsion metodlar asosida o‘rgatish” bobida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 sentyabrdagi 89-03-30-78-son ma’lumotnomasi). Natijada fundamental loyihadagi ma’lumotlar Qo‘qon adabiy muhiti shoirlari ijodi haqidagi qaydlar bilan boyigan;
“Majmuai shoiron” o‘zbek adabiyoti tarixi uchun ulkan ahamiyatga molik tazkira ekanligi, tazkirada zikr etilgan 88 shoir va ularning asarlari ko‘p asrlik o‘zbek adabiyoti tarixida chinakam “oltin davr” yaratganligi tazkira tahlili orqali aniqlanganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi “Qo‘qon davlat muzey qo‘riqxonasi” adabiyot tarixi bo‘limiga oid eksponat va materiallar ko‘rgazmasini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi Qo‘qon davlat muzey qo‘riqxonasining 2020 yil 6 iyundagi 23-son ma’lumotnomasi). Natijada muzey fondining “Qo‘qon adabiy muhiti” bo‘limi yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirilgan.