Axmedova Matluba Ibragimdjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Medik talabalarning chet tilida kasbiy kommunikativ kompetensiyasini axborot texnologiyalari yordamida shakllantirish», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V 2018.3. PhD/Ped 597
Ilmiy rahbar: Jalolov Jamol Jalolovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Uluqov Nosirjon Muhammadalievich, filologiya fanlari doktori, professor; Alimov Shahobiddin Salievich pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: axborot texnologiyalari asosida gigienist-epidemiolog talabalarning ingliz tilida kasbiy kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishning lingvotexnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori darajadagi kasbiy kompetensiyaga erishishda layoqati kuchli va kuchsiz guruhlarga ajratilgan tinglovchilarning statistik qatorlarda ifodalangan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari orasidagi differensial tafovutni (15%) aniqlash orqali talabalarni tabaqalashtirilgan-uzluksiz va kasbga yo‘naltirilganlik tamoyillarida o‘qitish samardorligi isbotlangan;
bo‘lajak gigienist-epidemiologlarni individual xususiyatlarini rivojlantiruvchi lingvo-psixologik komponentlarni autentik materiallarga asoslangan sotsiolingvistik omillar bilan uzluksizligini ta’minlashga qaratilgan metodik ta’minot kasbga yo‘naltirib o‘qitishda ikkilamchi lisoniy shaxsni shakllantirishning muqobil usuli sifatida taklif qilingan;
bo‘lajak mutahassislarning chet tili fonetik kompetensiyasini shakllantirishda sanitariya-gigienaga oid terminlarning fonologik amplitudasi grafik ko‘rsatkichlarini aniqlash orqali talabalarni to‘g‘ri talaffuzga o‘rgatishning lingvodidaktik ta’minoti takomillashtirilgan;
gigienist-epidemiologlarning xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi o‘quv-kognitiv, kasbiy va ijtimoiy ko‘nikmalarini baholash monitoringiga qaratilgan lingvotexnologik ta’minotning samarali mexanizmi nazorat uchun ishlab chiqilgan test va keys-stadilarda kompetent yondashuvning motivatsion mezoniga ustunlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Medik talabalarning chet tilda kasbiy kommunikativ kompetensiyasini axborot texnologiyalari yordamida shakllantirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
yuqori darajadagi kasbiy kompetensiyaga erishishda layoqati kuchli va kuchsiz guruhlarga ajratilgan tinglovchilarning statistik qatorlarda ifodalangan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari orasidagi differensial tafovutni (15%) aniqlash orqali talabalarni tabaqalashtirilgan-uzluksiz va kasbga yo‘naltirilganlik tamoyillarida o‘qitish samardorligiga oid xulosalardan №A-1-100 «Tibbiyot xodimlari uchun chet tili, axborot kommunikatsion va ta’lim texnologiyalari bo‘yicha uzluksiz malaka oshirish tizimini yaratish va uning samaradorligini oshirish» mavzusidagi amaliy loyihani (2015-2017) bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 oktyabrdagi 89-03-3984-son ma’lumotnomasi). Natijada uzluksiz malaka oshirish kurslarining chet til o‘rgatish sikli intensiv metodlar asosida takomillashtirilgan;
gigienist-epidemiologlarning xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi o‘quv-kognitiv, kasbiy va ijtimoiy ko‘nikmalarini baholash monitoringiga qaratilgan lingvotexnologik ta’minotning samarali mexanizmi nazorat uchun ishlab chiqilgan test va keys-stadilarda kompetent yondashuvning motivatsion mezoniga oid xulosalardan №BYoA 1-012 «Oliy ta’lim muassasalarida talabalarni chet tili bo‘yicha ekologik madaniyatini faollashtirishning uslubiy asoslarini takomillashtirish» mavzusidagi amaliy loyihani (2017-2018) bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 oktyabrdagi 89-03-3984-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning ingliz tilida mustaqil ta’lim olish malakalari rivojlangan hamda chet tilda kasbiy kommunikativ kompetensiyani shakllantirishning sotsiolingvistik, pragmatik, lingvomadaniy xususiyatlari aniqlangan, tibbiy terminlarni talaffuz qilish malakasining oshishiga erishilgan;
medik talabalarning chet tilda kasbiy kommunikativ kompetensiyasini axborot texnologiyalari yordamida shakllantirish bo‘yicha olingan xulosalar asosida «O‘zbekcha-lotincha-ruscha-inglizcha elektron tibbiy lug‘at» yaratilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 oktyabrdagi 89-03-3984-son ma’lumotnomasi). Natijada tibbiy profilaktika ishi yo‘nalishi talabalarining ingliz tilini o‘qitish jarayonida kasbiy, fonetik, fonologik kompetensiyalarining rivojlanish samaradorligi mazkur lug‘atdagi audio vositalar hisobiga oshgan hamda maxsus ingliz tilini o‘rgatish tizimi elektron lug‘at, uslubiy tavsiya va mul`timedia o‘quv manbalari bilan boyitilgan.