Zaretdinova Nesibeli Qurbanbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja berilgan fan tarmog‘i nomi): «Oiladagi yoshlarning kasb tanlashini sotsiometriya usuli bilan tartibga solish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)», 22.00.02 – Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi (sotsiologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/S43 B2020.4.PhD/S43.
Ilmiy rahbar: Sodiqova Shohida Marhaboevna, sotsiologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: «Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.21/30.10.2020.Ped/S.127.01.
Rasmiy opponentlar: Matibaev Taspulat Baltabaevich, sotsiologiya fanlari doktori, professor; Kalanov Komiljon Qulaxmetovich, sotsiologiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oiladagi yoshlarning kasb tanlashini sotsiometriya usuli bilan tartibga solishning ijtimoiy zaruriyati va amaliy samardorligini tahlil qilish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida).
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
muvaffaqiyatli kasbga yo‘naltirish ishlari orqali mehnat bozorini tartibga solishga qaratilgan turli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda (yoshlar tashabbusini amalga oshirish) skandinaviya modeli, yoshlarning tarkibiy tuzilishi (milliy, hududiy, mahalliy) bo‘yicha darajalarga ajratishda germaniya modeli, ayrim tarmoqlarda ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojni qondirishda (ish stajisiz yangi ish o‘rinlar va yangi xizmatlarni tashkil etish) fransiya modelining afzalliklari isbotlangan;
yoshlarda kasb tanlash sifatlarini shakllantirishda ijtimoiy-madaniy omillarning ahamiyatini shaxs ko‘nikmalarini rivojlantirish (mustaqil qaror qabul qilish, manfaatlar, moyillik, mehnat bozori, kar`era) orqali erishilishi ochib berilgan;
mahallada ishsiz yoshlarni kasbga yo‘naltirish ishlarini samarali tashkil etishda ularning kasbiy manfaatlaridan kelib chiqib mamlakat miqyosida ham, chet elda ham yoshlar siyosatini amalga oshirish uchun etarli resurslarga hamda mexanizmlarga ega bo‘lgan xalqaro tashkilotlar va muassasalarni jalb etish orqali tayyorlash va qayta tayyorlashni yo‘lga qo‘yilishi asoslangan;
oilada kasbiy ijtimoiylashuv samaradorligini oshirishda yoshlarda motivatsiya, alturizm, bo‘sh vaqt, ijtimoiy-siyosiy fuqarolik, ma’naviy-ma’rifiy internet tarmog‘i faoliyatlarining namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirish orqali erishishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oiladagi yoshlarning kasb tanlashini sotsiometriya usuli bilan tartibga solish bo‘yicha olngan ilmiy natijalar asosida:
muvaffaqiyatli kasbga yo‘naltirish ishlari orqali mehnat bozorini tartibga solishga qaratilgan turli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda (yoshlar tashabbusini amalga oshirish) skandinaviya modeli, yoshlarning tarkibiy tuzilishi (milliy, hududiy, mahalliy) bo‘yicha darajalarga ajratishda germaniya modeli, ayrim tarmoqlarda ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojni qondirishda (ish stajisiz yangi ish o‘rinlar va yangi xizmatlarni tashkil etish) Fransiya modelining affzalliklari isbotlanganligiga oid taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 11 martdagi «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 132-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2021 yil 19 martdagi 84-son qarori 2 bandining «a», «b», «v» qismlarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2021 yil 8 yanvardagi 01-03/02-71-son va 2021 yil 26 maydagi 07-04/10-05/1181-son ma’lumotnomalari). Natijada, bu yoshlarning taklif va tashabbuslarini kompleks sotsiologik tadqiqotlar orqali tizimli va samarali o‘rganish imkonini bergan;
yoshlarda kasb tanlash sifatlarini shakllantirishda ijtimoiy-madaniy omillarning ahamiyatini shaxs ko‘nikmalarini rivojlantirish (mustaqil qaror qabul qilish, manfaatlar, moyillik, mehnat bozori, mustaqil kar`era) orqali ochib berilganligiga oid taklifidan «Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazining 2018 yil 4 yanvardagi 3-sonli buyrug‘iga asosan 2018-2020 yillar davomida «Yoshlarga oid davlat siyosati va barkamol rivojlangan avlodni shakllantirish» mavzusida amalga oshirilgan amaliy tadqiqot ishlari doirasida amaliyotda qo‘llanilgan («Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazining 2020 yil 18 dekabrdagi 01-16/337-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu yoshlarda kasbiy sifatlarni shakllantiruvchi ijtimoiy resurslarni to‘ldirish imkonini bergan;
mahallada ishsiz yoshlarni kasbga yo‘naltirish ishlarini samarali tashkil etishda ularning kasbiy manfaatlaridan kelib chiqib mamlakat miqyosida ham, chet elda ham yoshlar siyosatini amalga oshirish uchun etarli resurslarga hamda mexanizmlarga ega bo‘lgan xalqaro tashkilotlar va muassasalarni jalb etish orqali tayyorlash va qayta tayyorlashni yo‘lga qo‘yilishiga oid taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 11 martdagi «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 132-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2021 yil 19 martdagi 84-son qarori 2 bandining «a», «b», «v» qismlarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2021 yil 8 yanvardagi 01-03/02-71-son va 2021 yil 26 maydagi 07-04/10-05/1180-son ma’lumotnomalari). Bu mahallalarda ta’lim-tarbiya ishlari sifatini yaxshilash, oilalardagi ishsiz yoshlarni ish bilan band qilish, oliy va o‘rta maxsus ta’limi tizimi rivojiga ta’sir etuvchi ijtimoiy omillarning samarali mexanizmlarini o‘quv jarayoniga joriy etish imkonini bergan;
oilada kasbiy ijtimoiylashuv samaradorligini oshirishda yoshlarda motivatsiya, alturizm, bo‘sh vaqt, ijtimoiy-siyosiy fuqarolik, ma’naviy-ma’rifiy, internet tarmog‘i faoliyatlarining namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirish orqali erishishiga oid taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2017 yil 7 apreldagi 8-Q/Q-son qarori bilan tasdiqlangan «Akademik liseylar bitiruvchilariga mutaxassisliklar berish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomning «5» va «6» bandlarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 14 dekabrdagi 13/00-02/04-3242-son va O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021 yil 28 maydagi 01/00-03 /19-6399-son ma’lumotnomalari). Natijalar akademik lisey bitiruvchi yoshlarining kasb egallashiga, sohaga doir strategiya va dasturlarni ishlab chiqishiga imkon yaratgan hamda mehnat bozorini kompleks rivojlantirish uchun samarali xizmat qilgan.