Xidoyatullaev Alisher Toirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Akkreditivni fuqarolik-huquqiy tartibga solish», 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xucuciy huquq (yuridik fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Yu45.
Ilmiy rahbar: Said Saidaxrarovich Gulyamov, yuridik fanlar doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.  
Rasmiy opponentlar: Karaxodjaeva Dilorom Mamirovna, yuridik fanlar doktori, professor; Nasriev Ilhom Ismoilovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi Akkreditivni fuqarolik-huquqiy tartibga solishni takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mamlakatning investisiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida chet el banklari ishtirokidagi akkreditiv bo‘yicha xalqaro hisob-kitob operatsiyalari Xalqaro savdo palatasining standartlari asosida amalga oshirilishi zarurati asoslab berilgan;
akkreditiv to‘lovchi tomonidan to‘langan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘ shartnoma shartlari bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilingan taqdirda, mablag‘lar oluvchining hisobiga o‘tkazilishiga doir bankning shartli majburiyati ekanligi asoslangan;
fuqarolik huquqi sub’ektlari o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarni optimallashtirish maqsadida akkreditivga ariza farmoyish, topshiriqnoma yoki talabnoma shaklida qog‘oz yoki elektron tarzda taqdim etilishi mumkinligi asoslantirilgan;
akkreditiv bo‘yicha hisob-kitoblar to‘lov pul mablag‘larini o‘tkazish orqali amalga oshirilgan taqdirda, pul mablag‘larini tegishli yo‘llar bilan o‘tkazish orqali to‘lovning yakunlanishini qonunchilikda belgilash taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasida akkreditivni fuqarolik-huquqiy tartibga solishga qaratilgan tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
chet el banklari ishtirokidagi akkreditiv bo‘yicha xalqaro hisob-kitob operatsiyalari Xalqaro savdo palatasining standartlari asosida amalga oshirilishi haqidagi taklif “Naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida”gi nizom (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020 yil 13 aprelda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 3229)ning 79-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2021 yil 1 fevraldagi 38-17/138-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi akkreditiv hisob-kitoblarda xalqaro standartlar qo‘llanilishi shartlari aniqlashtirilishiga xizmat qilgan;
akkreditiv to‘lovchi tomonidan to‘langan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘ shartnoma shartlari bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilingan taqdirda, mablag‘larni oluvchining hisobiga o‘tkazilishiga doir bankning shartli majburiyati ekanligi haqidagi taklif “Naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida”gi nizom (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020 yil 13 aprelda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 3229)ning 1-bandi qoidalarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2021 yil 1 fevraldagi 38-17/138-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi huquqni qo‘llash amaliyoti uchun akkreditivning aniq va tushunarli ta’rifi ishlab chiqilishiga imkon bergan;
akkreditivga ariza farmoyish topshiriqnoma yoki talabnoma shaklida qog‘oz yoki elektron tarzda taqdim etilishi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 1 noyabrdagi “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi O‘RQ–578-son qonunining 45-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2021 yil 15 fevraldagi 04/1-173-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi naqd pulsiz hisob shakli hisoblangan akkreditiv bo‘yicha farmoyishni taqdim etish shakli va tartibini takomillashtirish, akkreditiv majburiyatlarini bajarish mexanizmi aniq va samarali faoliyat ko‘rsatishiga xizmat qilgan; 
akkreditiv bo‘yicha to‘lov pul mablag‘larini o‘tkazish orqali amalga oshirilsa, to‘lovni yakunlash pul mablag‘larini tegishli yo‘llar bilan o‘tkazish yakunlangan paytda yuz berishi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 1 noyabrdagi “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi O‘RQ–578-son qonunining 50-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2021 yil 15 fevraldagi 04/1-173-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi akkreditiv majburiyatini bajarish vaqti aniq belgilanishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish