Turaqulov Rustam Ismatullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali yurak etishmovchiligi kamqonlik bilan kechganda AAF geni polimorfizmini eritropoetin bilan bog‘liqligini o‘rganish hamda tashxislash va davolashga differensial yondashish», 14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Tib486.
Ilmiy maslahatchi: Gadaev Abdigaffar Gadaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Timur Atanazarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tursunov Xatam Xasanboevich, tibbiyot fanlari doktori; Maxmudova Aziza Djumanovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: akademik I.P. Pavlov nomidagi birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali yurak etishmovchiligi kamqonlik bilan kechganda angiotenzin aylantiruvchi ferment geni polimorfizmini eritropoetin ko‘rsatkichi bilan bog‘liqligini o‘rganish hamda tashxislash va davolashga differinsial yondashishni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali yurak etishmovchiligi mutlaq temir tenqisligi kamqonligi bilan kechganda eruvchi transferrin reseptorlari me’yoriy ko‘rsatkichlaridan ishonchli oshishi va kasallik og‘irlik darajasi bilan hamohangligi aniqlanib, jarayonni erta tashxislash va noxush asoratlarini oldini olish hamda davo samaradorligini bashoratlash asoslangan;
surunkali yurak etishmovchiligi turli etiologiyali kamqonlik bilan kechgan o‘zbek millatiga mansub bemorlarda ASE geni polimorfizmini kamqonlik yuzaga kelishidagi ahamiyati isbotlangan;
ilk bora ASE geni I/D polimorfizmini II, ID, DD genotip saqlovchilari qon zardobida eritropoetin ko‘rsatkichi o‘rganilib, II genotipi saqlovchilarda renal kamqonlik rivojlanish mexanizmining xususiyatlari ochib berilgan;
SYuE turli etiologiyali kamqonlik bilan kechgan bemorlarning ferrokinetik o‘zgarishlarini inobatga olgan holda davolashga differensial yondashish algoritmi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
SYuE turli etiologiyali kamqonliklar bilan kechganda ASE geni polimorfizmlarining genotip va alllelarini uchrashi hamda qon zardobidagi transferrin eruvchi reseptorlari va eritropoetin ko‘rsatkichlari, ular asosida o‘tkazilgan tashxislashning tizimli qiyosiy tahlili, shuningdek, davolashga differensial yondashish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari xulosalari asosida:
surunkali yurak etishmovchiligi turli etiologiyali kamqonlik bilan kechganda tashxislash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Surunkali yurak etishmovchiligi turli etiologiyali kamqonlik bilan kechganda tashxislash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 28 yanvardagi 8n-r/76-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma SYuEda yuzaga keladigan kamqonliklarni differensial tashxislash, ularni kechishini monitoring qilish imkoniyatini yaratgan;
surunkali yurak etishmovchiligi turli etiologiyali kamqonlik bilan kechganda davolash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Surunkali yurak etishmovchiligi turli etiologiyali kamqonlik bilan kechganda davolash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 28 yanvardagi 8n-r/75-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma SYuE kamqonlik bilan kechgan bemorlarni davolashga differensial hamda monand yondashish imkoniyatini bergan;
SYuE kamqonlik bilan kechishi bo‘yicha qiyosiy tashxislashning tizimli tahlili va davolashga differensial yondashish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi, 2–son Respublika klinik shifoxonasida amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 17-fevraldagi 8 n-d/60-son ma’lumotnomasi). Tadbiq qilingan natijalar kasallik kechishi ehtimolligini aniqlash, bemorlarni shifoxonada davolanish kunlarini qisqarishiga, ularning hayot sifatini yaxshilanishiga imkon yaratgan.