Xusanova Dilorom Shavkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turizm sohasi sub’ektlarini innovatsion rivojlantirish strategiyasining moliyaviy mexanizmini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Iqt1324.
Ilmiy rahbar: Zaynalov Jaxongir Rasulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sultonboeva Munira Baxodirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turizm sohasi sub’ektlarini innovatsion rivojlantirish strategiyasining moliyaviy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat tomonidan subsidiyalashni qo‘llash asosida turkorxonalarni innovatsion sohasiga investisiyalar jalb qilish imkoniyatini oshirish asoslangan;
turkorxonalarning samaradorligini, foydasini, daromadini oshirish, turmahsulot narxini, xarajat va risklarni minimallashtirish bo‘yicha turizm sohasini moliyaviy tartibga solishni klaster-tarmoqli yondashuv sxemasi ishlab chiqilgan;
hududning innovatsion sa’y-harakatlarini ifodalovchi material sig‘imini moddiy va moliyaviy resursga nisbati mul`tiplikatori asosida turkorxonalarni raqobatbardoshligini baholash taklif qilingan;
turkorxonalarni innovatsion rivojlanish strategiyasini belgilash asosida turmaxsulotlarni yaratishni moliyalashtirishning 2030 yilgacha prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Turizm sohasi sub’ektlarini innovatsion rivojlantirish strategiyasining moliyaviy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
davlat tomonidan subsidiyalashni qo‘llash asosida turkorxonalarni innovatsion sohasiga investisiyalar jalb qilish imkoniyatini oshirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat Qo‘mitasi tomonidan turkorxonalar faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat Qo‘mitasining 2020 yil 15 oktyabrdagi 02-16/4822-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida turkorxonalarning innovatsion sohasida me’yoriy-huquqiy bazani yaratishga, sohaga investisiyalar jalb qilinishiga olib keladigan strategik yo‘nalish sifatida ularning innovatsion faolligini oshirish, innovatsion turmahsulotlar va davlat tomonidan amalga oshirilayotgan harakatlar bo‘yicha qarorlar qabul qilish imkonini bergan;
turkorxonalarning samaradorligini, foydasini, daromadini oshirish, turmahsulot narxini, xarajat va risklarni minimallashtirish bo‘yicha turizm sohasini moliyaviy tartibga solishni klaster-tarmoqli yondashuv sxemasi ishlab chiqish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat Qo‘mitasi tomonidan turkorxonalar faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat Qo‘mitasining 2020 yil 15 oktyabrdagi 02-16/4822-son ma’lumotnomasi). Natijada, turkorxonalarning samaradorligini, foydasi va daromadini oshirish, turmahsulot narxi, xarajat va risklarni minimallashtirish indikatorlarini amalda qo‘llash imkonini kengaytirgan, hamda turistlarga ko‘rsatilgan innovatsion xizmatlardan ko‘rilgan foyda 12,5 foizga oshirilgan;
hududning innovatsion sa’y-harakatlarini ifodalovchi material sig‘imini moddiy va moliyaviy resursga nisbati mul`tiplikatori asosida turkorxonalarni raqobatbardoshligini baholash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat Qo‘mitasi tomonidan turkorxonalar faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat Qo‘mitasining 2020 yil 15 oktyabrdagi 02-16/4822-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu mul`tiplikator turizm sohasidagi raqobatbardosh sub’ektlarni baholash uchun asos bo‘lib xizmat qilgan, umumiy innovatsion samarani aniqlashga imkon yaratgan, turmahsulotning o‘sish darajasini aniqlash imkonini bergan, davlat manfaatlarini hisobga olish imkoni yaratilgan, sayyohlik korxonalarida moliyaviy va moddiy resurslardan oqilona foydalanish turistik mahsulotdan tushgan tushumlarning umumiy hajmini ko‘paytirishga xizmat qilgan; 
turkorxonalarni innovatsion rivojlanish strategiyasini belgilash asosida turmaxsulotlarni yaratishni moliyalashtirishning 2030 yilgacha prognozini ishlab chiqish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari Kengashi tomonidan innovatsion rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari Kengashining 2021 yil 20 yanvardagi 02/06-49-son ma’lumotnomasi). Natijada, tijorat banklari, venchur va boshqa moliyaviy institutlar fondlari mablag‘laridan turistik faoliyat bilan shug‘ullanishga ehtiyoji bo‘lgan uy xo‘jaliklari ishtirokini va ularni asosiy kapitaliga nisbatan salmog‘ini 20 foizga etkazish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish