Mansurova Nargiza Shamsidinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga solishning ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish», 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Iqt25.
Ilmiy rahbar: Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01. 
Rasmiy opponentlar: Zokirova Nodira Kalandarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Amanov Otabek Amankulovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga solishning ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish asosida ishsizlikni kamaytirish va aholi ish bilan bandligi darajasini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mehnatga talabni rag‘batlantirish hamda ish kuchi taklifini restruk-turizatsiyalashga yo‘naltirilgan mehnat bozorini tartibga solish usullari ta’sir etish uslubi, chora-tadbirlar tavsifi, ob’ekti, yo‘nalishlari hamda ta’sir etish xarakteri va darajasi asosida takomillashtirilgan;
davlat ish bilan banlik xizmati faoliyatini baholash metodikasi mehnat vositachiligi, ish kuchini kasbiy moslashuvi va kasbga tayyorlash, ijtimoiy kafolatlar hamda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatkichlari asosida takomillashtirilgan;
iqtisodiy tizimning turli darajalarida ish kuchi kasbiy darajasini oshirish hamda moslashuvchan ish bilan bandlik shakllarini joriy etishning innovatsion rivojlanish strategiyasi mehnat bozorida ish bilan bandlikning zamonaviy shakllarini tartibga solish modeli asosida takomillashtirilgan;
hududiy mehnat bozorini rivojlanish tendensiyalari va aholi ish bilan bandligi darajasini kichik biznes subxektlari rivojini e’tiborga olgan holda 2021-2025 yillarga bo‘lgan davrda rivojlantirishning prognoz parametrlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
mehnatga talabni rag‘batlantirish hamda ish kuchi taklifini restruk-turizatsiyalashga yo‘naltirilgan mehnat bozorini tartibga solish usullarini ta’sir etish uslubi, chora-tadbirlar tavsifi, ob’ekti, yo‘nalishlari hamda ta’sir etish xarakteri va darajasi asosida tasnifi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Band bo‘lmagan aholini ishga joylashtirishni tashkil qilish hududiy dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 15 iyundagi 01/00-04/07-5309-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish hududiy Bandlik Bosh boshqarmalari faoliyatini rivojlantirish strategiyalari hamda mehnat bozorini tartibga solish yo‘nalishlari va maqsadlari bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqishning ilmiy asoslanganlik darajasini oshirgan;
davlat ish bilan banlik xizmati faoliyatini baholash metodikasini mehnat vostitachiligi, ish kuchini kasbiy moslashuvi va kasbga tayyorlash, ijtimoiy kafolatlar hamda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatkichlari asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan hududiy rivojlanishning dinamik samaradorligini aniqlashda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 15 iyundagi 01/00-04/07-5309-son ma’lumotnomasi). Ushbu metodikaning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududiy Bandlik Bosh boshqarmalari faoliyati rivojlanishining dinamik samaradorligini integral baholash natijasida umumiy samaradorlik ko‘rsatkichi 0,6 foizga oshishi imkonini bergan;
iqtisodiy tizimning turli darajalarida ish kuchi kasbiy darajasini oshirish va ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash hamda moslashuvchan ish bilan bandlik shakllarini joriy etishning innovatsion rivojlanish strategiyasini mehnat bozorida ish bilan bandlikning zamonaviy shakllarini tartibga solish modeli asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan hududlarda aholini ish bilan ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 15 iyundagi 01/00-04/07-5309-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish mehnat bozorida ish bilan bandlikning zamonaviy shakllarini tartibga solishga yo‘naltirilgan mehnat bozori va ish bilan bandlikning moslashuvchanligini ta’minlash mexanizmini takomillashtirish imkonini bergan.
Samarqand viloyati hududiy mehnat bozorini 2021-2025 yillarda rivojlantirish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlaridan “Hududiy mehnat bozorlarini 2021-2025 yillarda rivojlantirish konsepsiyalari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 15 iyundagi 01/00-04/07-5309-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalardan foydalanish 2021-2025 yillarda hududiy mehnat bozorini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi Samarqand viloyatida aholi ish bilan bandligi darajasini 75,3 %ga va kichik tadbirkorlikda bandlar ulushini 18,0 %ga oshishi imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish