Mahmudov O‘tkir Haydarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ekish muddatlari hamda me’yorlarini eryong‘oq va soya o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri (Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida)”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3,PhD/Qx458.
Ilmiy rahbar: Xalikov Baxodir Meylikovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti Qashqadaryo filialida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01.
Rasmiy opponentlar: Yormatova Dilorom Yormatovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Sattarov Mas’udjon Axtamovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genitik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi boshoqlidon ekinlaridan keyin takroriy ekin sifatida eryong‘oq va soya ekinlarining ekish muddat va me`yorlarini ularning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta`sirini aniqlash va ishlab chiqarishga tavsiya etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi boshoqli–don ekinlaridan bo‘shagan maydonlarga eryong‘oq va soya ekish muddatlari (25.06–05.07, 05.07–15.07) va me’yorlarini (eryong‘oqda gektariga 180, 230, 280, 330 ming/dona, soyada gektariga 200, 250, 300, 350 ming/dona), urug‘larni unib chiqish dinamikasi, ko‘chatlar soni hamda ularning nobud bo‘lish darajasiga ta’siri aniqlangan;
tadqiqotda o‘simliklarni o‘sish va rivojlanish fazalari kuzatilib, ekish muddati (25.06–05.07, 05.07–15.07) va me’yorlarini (eryong‘oqda gektariga 180, 230, 280, 330 ming/dona, soyada gektariga 200, 250, 300, 350 ming/dona) o‘simliklarni davrlararo rivojlanishiga ta’siri aniqlangan;
takroriy eryong‘oqni 05.07–15.07 ekish muddatida gektariga 280 ming dona urug‘, soyani 25.06–05.07 ekish muddatida gektariga 300 ming dona ekish o‘simliklarning don hosildorligi va sifatiga ijobiy etishi aniqlangan;
takroriy ekin eryong‘oq va soyani maqbul ekish muddat va me’yorlarda etishtirishda iqtisodiy samaradorlik hisoblangan hamda etishtirish agrotexnikasining ayrim elementlari (ekish muddati, me’yori, ko‘chat qalinligi) bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ekish muddatlari hamda me’yorlarining eryong‘oq va soyaning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri (Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida) bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
takroriy eryong‘oq va soya ekinlarining ekish me’yori va muddatlarini qo‘llash yuzasidan “Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida takroriy ekin sifatida eryong‘oq va soyani etishtirish bo‘yicha tavsiyanoma” tasdiqlanib, fermer xo‘jaliklariga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 2 martdagi №02/027-882-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma viloyatda eryong‘oq va soya etishtirayotgan fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
takroriy eryong‘oqni 05–15.07. ekish muddatida gektariga 280 ming dona ekish bo‘yicha berilgan tavsiyaga asosan mazkur etishtirish agrotexnikasi viloyatning Kasbi, Koson va Qarshi tumanlarida jami 90 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 2 martdagi №02/027-882-son ma’lumotnomasi). Natijada gektariga 26,0–27,0 s. don hosili olinib, ishlab chiqarishda qo‘llanilib kelinayotgan agrotexnologiyaga nisbatan don hosildorligi hamda don tarkibidagi oqsil va moy miqdori yuqori bo‘lib, rentabellik darajasi 62-65 foizni tashkil etgan;
takroriy soyani 25.06–05.07. muddatida gektariga 300 ming dona ekish agrotexnikasi viloyatning Kasbi, Koson va Qarshi tumanlarida jami 102 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 2 martdagi №02/027-882-son ma’lumotnomasi). Natijada gektaridan 23,0–24,2 s. don hosili olinib, ishlab chiqarishda qo‘llanilib kelinayotgan agrotexnologiyaga nisbatan don hosildorligi hamda don tarkibidagi oqsil va moy miqdori yuqori bo‘lib, rentabellik darajasi 45-50 foizni tashkil etgan.