Ubaydullaev Madaminjon Mo‘minjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Farg‘ona viloyatining o‘tloqi-saz tuproqlari sharoitida o‘rta tolali g‘o‘za navlarida defoliantlarning samaradorligini baholash”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Qx262.
Ilmiy Teshaev Fatullo Jo‘raqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01.
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Jonibek Bozorovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Egamov Ilxom Urayimjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genitik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Farg‘ona viloyatining o‘tloqi soz tuproqlari sharoitida S-8290 va S-6775 g‘o‘za navlarida yangi EntoDefol hamda FanDEF-a’lo defoliantlarini qo‘llashning maqbul me’yor va muddatlarini ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Farg‘ona viloyatining o‘tloqi soz tuproqlari sharoitida ekilgan S-8290 va S-6775 g‘o‘za navlarining ko‘saklari 30-40 ochilgan muddatida yumshoq ta’sirga ega xorijiy EntoDefol defoliantini 0,200 l/ga hamda mahalliy FanDEF-a’lo defoliantini 7,0 l/ga me’yorlarda qo‘llash maqbul ekanligi aniqlangan;
g‘o‘zaning S-8290 va S-6775 navlarida ko‘saklar 50-60% ochilgan muddatida yumshoq ta’sirga ega xorijiy EntoDefol 0,150 l/ga hamda mahalliy FanDEF-a’lo 6,0 l/ga me’yorlarda qo‘llash maqbul ekanligi aniqlangan;
S-8290 va S-6775 g‘o‘za navlari chigitlarining unib chiqishi, nihollarning o‘sib rivojlanishi, morfologik belgilarining farqlanishi, ko‘saklar ochilish dinamikasi aniqlangan;
g‘o‘zaning S-8290 va S-6775 navlarida ko‘saklar 30-40 hamda 50-60% ochilgan muddatlarda EntoDefol va FanDEF-a’lo defoliantlari 0,200-0,150 va 7,0-6,0 l/ga me’yorlarda qo‘llanilganda barglar to‘kilishi va ko‘saklar ochilishi yuqori bo‘lishi aniqlangan;
g‘o‘zaning S-8290 va S-6775 navlarida ko‘saklar 30-40 hamda 50-60% ochilgan muddatlarda EntoDefol va FanDEF-a’lo defoliantlari 0,200-0,150 va 7,0-6,0 l/ga me’yorlarda qo‘llanilganda paxta hosili va birinchi terim salmog‘i oshishi, tola sifatiga salbiy ta’sir etmasligi isbotlangan;
g‘o‘zaning S-8290 va S-6775 navlarida ko‘saklar 30-40 hamda 50-60% ochilgan muddatlarda EntoDefol va FanDef-a’lo defoliantlari 0,200-0,150 va 7,0-6,0 l/ga me’yorlarda qo‘llanilganda iqtisodiy samaradorlik oshishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Farg‘ona viloyatining o‘tloqi soz tuproqlari sharoitida o‘rta tolali g‘o‘za navlarida defoliantlarning samaradorligini baholash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
ko‘saklarning ochilish muddatlariga qarab defoliantlarni qo‘llash borasida «Farg‘ona viloyatining o‘tloqi soz tuproqlari sharoitida o‘rta tolali S-8290 va S-6775 g‘o‘za navlarida sifatli defoliatsiya o‘tkazish bo‘yicha» tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 11 yanvardagi 02/020-71-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma Farg‘ona viloyatining o‘tloqi soz tuproqlari sharoitida paxta etishtiruvchi fermer xo‘jaliklarida g‘o‘za defoliatsiyasini sifatli o‘tkazishda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
o‘tloqi soz tuproqlarda S-8290 g‘o‘za navi ko‘saklarining ochilish muddatini inobatga olgan holda defoliantlarni maqbul me’yorlarini qo‘llash texnologiyasini Farg‘ona viloyatining Rishton tumani fermer xo‘jaliklarida 121 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 11 yanvardagi 02/020-71-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘za barglari to‘kilishi 93,4-88,1% ni, ko‘saklar ochilishi 87,5-86,4% ni hamda hosildorlik 34,3-33,5 s/ga ni tashkil etib, 2,5-1,7 s/ga qo‘shimcha paxta hosili olingan hamda rentabellik darajasi 29,1-28,6 foizni tashkil etgan;
o‘tloqi soz tuproqlarda S-6775 g‘o‘za navi ko‘saklarining ochilish muddatini inobatga olgan holda defoliantlarni maqbul me’yorlarini qo‘llash texnologiyasini Farg‘ona viloyatining Rishton tumani fermer xo‘jaliklarida 121 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 11 yanvardagi 02/020-71-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘za barglari to‘kilishi 92,8-87,5% ni, ko‘saklar ochilishi 85,2-84,1% ni, hosildorlik 33,8-32,9 s/ga ni tashkil etib, 2,9-2,0 s/ga qo‘shimcha paxta hosili olingan va rentabellik darajasi 28,8-27,6 foizga oshishiga erishilgan.