Islamov G‘ulom Payzullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Samarqand viloyati hududlarida qoramol piroplazmidozlarining tarqalishi va ularga qarshi kurashish chora-tadbirlari», 03.00.06 – Zoologiya (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.(PhD)/V15.
Ilmiy Davlatov Ravshan Berdievich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand veterinariya medisinasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand veterinariya medisinasi instituti, DSc.06/30.12.2019.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Nurbek Ergashevich veterinariya fanlari doktori; Qo‘ldoshev Otamurod O‘razovich, veterinariya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: L.M.Isaev nomidagi tibbiy parazitologiya ilmiy-tekshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Samarqand viloyatining turli hududlarida qoramollar piroplazmidozlarining tarqalishini o‘rganish, teylerioz, piroplazmoz va babeziozni davolash va profilaktika qilishning mahalliy xom-ashyolarga asoslangan samarali usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Samarqand viloyatining turli bioekologik hududlarida piroplazmidozlar qo‘zg‘atuvchilarining patogenlik xususiyatlari va kasallik tarqatuvchi kanalar faunasi aniqlangan;
piroplazmoz va babeziozni davolashda mahalliy «Imisan» preparatini qoramolning har 100 kg tirik vazniga 3,0 ml miqdorda qo‘llanilganda samaradorligi yuqori ekanligi tajribalarda isbotlangan;
teyleriozni davolashda mahalliy «Buparvalek» preparatini qoramolning har 100 kg tirik vazniga 5,0 ml miqdorda qo‘llanilganda yuqori samara berishi aniqlangan;
qoramollar piroplazmidozlariga kimyoprofilaktika maqsadida har 15 kunda 100 kg tirik vaznga 3 ml miqdorida «Imisan» va 5 ml miqdorida «Buparvalek»ni takroriy qo‘llash hisobiga kasallikning oldini olish usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand viloyati hududlarida qoramol piroplazmidozlarining tarqalishi va ularga qarshi kurashish chora-tadbirlari bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar natijalari asosida:
«Qoramollarning qon-parazitar kasalliklariga qarshi kurashish to‘g‘risida qo‘llanma» tasdiqlangan va veterinariya amaliyotiga joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 21 iyuldagi 02/23-277-son ma’lumotnomasi). Natijada qoramollarning piroplazmidozlar bilan kasallanishining oldini olish imkoniyati yaratilgan;
«Qoramollar qon-parazitar kasalliklariga qarshi davolash-profilaktika chora-tadbirlarining uslub va vositalarini qo‘llash bo‘yicha tavsiyanoma» tasdiqlangan va veterinariya amaliyotiga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 21 iyuldagi 02/23-277-son ma’lumotnomasi). Natijada qoramollarning piroplazmidozlar bilan kasallanishi 94-95 foizgacha kamayishiga erishilgan;
Samarqand viloyati hududlarida qoramollar piroplazmidozlarini profilaktika qilishda mahalliy «Imisan» preparatini har 15 kunda bir marta qoramolning 100 kg tirik vazniga 3,0 ml miqdorda muskul orasiga qo‘llash joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 21 iyuldagi 02/23-277-son ma’lumotnomasi). Natijada qoramollarning piroplazmidozlariga qarshi «Imisan» preparatini joriy etishning iqtisodiy samaradorligi yuqori ekanligi aniqlanib, xarajatlar qoplami 5,4 so‘mni tashkil etgan.