Xudoyorova Feruza Abdusattorovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuqori mahsuldor qoramollar nekrobakteriozi etiologik omillari, davolash va oldini olish», 16.00.03-Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi, mikotoksikologiyasi va immunologiyasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.(PhD)/V6.
Ilmiy Xamdamov Xabibulo Ablokulovich, veterinariya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand veterinariya medisinasi instituti, DSc.06/30.12.2019.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Mamadullaev Gulmurod Xamidovich, veterinariya fanlari doktori; Mengliev G‘ayrat Akramovich, veterinariya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda ilk bor qoramollar orasida nekrobakterioz kasalligining epizootik holatini o‘rganish, uning tarqalish darajasiga aniqlik kiritish, mavsumiyligini va etiologik omillarini o‘rganish, kasallikka o‘z vaqtida to‘g‘ri tashhis qo‘yish, zamonaviy davolash usullarini hamda oldini olish tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor qoramolchilik fermer xo‘jaliklarida nekrobakterioz kasalligining epizootik xususiyatlari, uning turli tuyoq kasalliklari bilan o‘zaro ta’siri, Fusobacterium necrophorum ni faollashtiruvchi va epizootik jarayonining barqarorligini ta’minlaydigan mexanizmlari aniqlangan;
respublikaning turli mintaqalarida qoramollarning nekrobakterioz bilan kasallanish dinamikasining jadalligi qish oylarida 36,35% tashkil etib yoz oylariga nisbatan 3 barobargacha yuqori ekanligi aniqlangan;
yuqori mahsuldor qoramollar ratsionida qand-protein nisbatining nomutanosibligi va unining oqibatida katta qorin rN ko‘rsatkichi pasayishi nekrobakterioz kasalligining etiologik omili bo‘lishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri korrelyasiyasi aniqlangan;
qoramollar nekrobakteriozini o‘z vaqtida davolash uchun boshqa tuyoq kasalliklaridan klinik belgilari asosida differensial tashhislash uslubi takomillashtirilgan;
qoramollar nekrobakteriozini davolashda samarali ta’sir etuvchi antibiotiklar va oldini olishda iqtisodiy tejamkor hamda jarohatlarni tezda bitkazuvchi tuyoq vannalar tarkibi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yuqori mahsuldor qoramollar nekrobakteriozining etiologik omillari, davolash va oldini olish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Qoramollar nekrobakterioz kasalligiga qarshi kurash va davolash» bo‘yicha tavsiyanoma tasdiqlangan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 23 noyabrdagi 02/16-384-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarning veterinariya amaliyotiga joriy etilishi natijasida qoramollar nekrobakterioz kasalligiga qarshi kurash va davolash ishlarini samarali olib borishga erishilgan; 
«O‘zbekiston sutchilik fermer xo‘jaliklarida qoramollar tuyoq kasalliklarini oldini olish» bo‘yicha tavsiyanoma tasdiqlangan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 23 noyabrdagi 02/16-384-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarni qo‘llash natijasida sutchilik fermer xo‘jaliklarida nekrobakterioz va tuyoq kasalliklarini oldini olishda samarali va iqtisodiy tejamkor tadbirlarni amalga oshirish imkonini beradi;
«Qoramolchilikka faol investisiyaning asosiy mezonlari» bo‘yicha qo‘llanma tasdiqlanib, barcha hududlardagi qoramolchilik xo‘jaliklarida qo‘llanilib kelinmoqda (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 23 noyabrdagi 02/16-384-son ma’lumotnomasi). Natijada sut va go‘sht yo‘nalishidagi xo‘jaliklar rahbarlari, veterinariya va zootexniya mutaxassislari, chorvachilik sohasi rahbarlari nekrobakterioz va tuyoq kasalliklari to‘g‘risida zamonaviy ma’lumotlarga ega bo‘lib, respublikada ushbu kasalliklar bilan zararlanishini keskin kamaytirish imkonini bergan; 
qoramollar nekrobakteriozini davolashda samarali ta’sir etuvchi antibiotiklar va oldini olishda iqtisodiy tejamkor hamda jarohatlarni tezda bitkazuvchi tuyoq vannalar tarkibi ishlab chiqilgan va veterinariya amaliyotiga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 23 noyabrdagi 02/16-384-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida qoramolchilik xo‘jaliklarida nekrobakterioz va tuyoq kasalliklarining tarqalish darajasini 84-96 foizga kamaytirishga erishilgan. Tadqiqotlar natijalarida ishlab chiqilgan oldini olish va davolash uslublarining iqtisodiy samarasi 500 bosh sog‘in sigirdan iborat ferma uchun yiliga 746 mln. so‘mni tashkil etadi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish