Axmedov Dil`shot Dil`muradovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Atmosfera zaharlanishini monitoring va bashoratlash uchun axborot-tahlil tizimining matematik va dasturiy ta’minoti», 05.01.04 – «Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T684.
Ilmiy rahbar: Ravshanov Normaxmad, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Zaynidinov Xakimjon Nasriddinovich, texnika fanlari doktori, professor; Xoshim Erdanovich Raxmanov, PhD. 
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sanoat hududlari er yuzasi va havo muhitinining ekologik holatini monitoring qilish va bashoratlash uchun axborot-tahliliy tizimining matematik va dasturiy ta’minotini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
hududning meteorologik parametrlari va fizik-geografik xususiyatlarini hisobga olgan holda koordinatalar sferik tizimida atmosferada aralashmalarining tarqalish jarayonining matematik modeli ishlab chiqilgan;
er usti-havo muhitidagi zararli aralashmalar zarrachalarining konsentratsiyasini aniqlash masalasini ikkinchi tartibli aniqlikdagi oshkormas sxemani qo‘llashga asoslangan sonli echimining tejamkor algoritmi ishlab chiqilgan;
taqsimlangan tarmoq manbalaridan ma’lumotlarni uzatish protokollari va amaliy dasturlash interfeyslari vositasidagi aloqani hisobga olgan holda meteorologik va fazoviy ma’lumotlarni konsolidatsiya qilish usuli ishlab chiqilgan;
vaqt va fazoviy xarakteristikalarga bog‘liq er usti-havo muhitining ekologik monitoring qilish ma’lumotlarini XML/JSON seriallashtirish va kartografik vizuallashtirish usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sanoat hududlarning atmosfera havosining ekologik holatini monitoring qilish va bashoratlash uchun axborot-tahliliy tizimining matematik va dasturiy ta’minotini qo‘lla asosida:
atmosferada zararli moddalarning konsentratsiyasi darajalarini hisoblash va vizuallashtirishni avtomatlashtirish uchun axborot, matematik va dasturiy ta’minoti Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Samarqand va Sirdaryo viloyatlardagi boshqarmalariga joriy qilingan (Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2020 yil 2 noyabrdagi 02-02/8-1123-son ma’lumotnomasi). Natijada atmosferada zararli moddalarning konsentratsiyasi darajasini bashoratlash aniqligi 8-10% oshirishga hamda tabiat muhofazasi bilan bog‘liq chora-tadbirlarni o‘tkazishga qaratilgan sarf-xarajatlarni  qisqartirishga imkon bergan;
atmosfera zaharlanishini monitoring qilish va bashoratlash uchun axborot-tahliliy tizimining matematik va dasturiy ta’minoti Samarqand viloyatdagi «Jomboy yashil chiroklari» MChJ ob’ektlariga joriy qilingan (Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2020 yil 2 noyabrdagi 02-02/8-1123-son ma’lumotnomasi). Joriy qilinishi natijasida noorganik chang va uglerod oksidi zarrachalarining konsentratsiyasi darajalarini bashorat qilish aniqligini 8-10% ga oshirish va sanitariya me’yorlarini buzilishi bilan bog‘liq xarajatlarni 5-7% ga kamaytirish imkon bergan;
atmosfera zaharlanishini monitoring qilish va bashoratlash uchun axborot-tahliliy tizimining matematik va dasturiy ta’minoti Samarqand viloyatdagi «TALIBARZU BUNYOD» MChJ ob’ektlariga joriy qilingan (Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2020 yil 2 noyabrdagi 02-02/8-1123-son ma’lumotnomasi). Joriy qilinishi natijasida organik chang va yonish mahsulotlari zarrachalarining konsentratsiyasini bashoratlash qilish aniqligini 9-11% ga oshirishga erishilgan va ruxsat etilgan tashlanmalar normalarining buzilishi bilan bog‘liq moliyaviy xarajatlarni 6-8% ga kamaytirish imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish