Mirzaeva Malika Baxadirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘p pog‘onali ierarxik aloqa tarmog‘ini boshqarishda qaror qabul qilish model va algoritmlari», 05.01.02 – Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T1800.
Ilmiy rahbar: Alimov Ismaildjan, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Saidov Abdusobirjon Abduraxmanov, texnika fanlari doktori; Kabil`djanov Aleksandr Sabitovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ehtimollik-vaqt harakteristikalariga qat’iy cheklovlar xos bo‘lgan ko‘p pog‘onali ierarxik aloqa tarmog‘ini boshqarishda qaror qabul qilish model va algoritmlarini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarmoq uzatish marshrutlari bo‘yicha yuklamani bir tekis taqsimlash yo‘li orqali (vaqt mezoni bo‘yicha) aloqa tarmog‘ining o‘tkazish qobiliyatidan maksimal darajada foydalanishga imkon beradigan imitatsion model qurilgan;
uzatilayotgan xabarlar oqimlarini hisobga oluvchi aloqa tarmog‘ining funksional ishonchliligini baholash echimi taklif qilingan;
tarkibiy traktlarga ega bo‘lgan aloqa tarmoqlarida uzatiladigan xabarlarning asliga to‘g‘riligini baholash usuli ishlab chiqilgan;
ko‘p pog‘onali ierarxik aloqa tarmog‘ining joriy holatini baholashni ishlab chiqilgan umumlashtirilgan samaradorlik mezoni asosida aloqa tarmog‘ining samarali ishlashini ta’minlaydigan optimal boshqarish ta’sirlarini tanlash uslubi taklif qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ko‘p pog‘onali ierarxik aloqa tarmog‘ini boshqarishda qaror qabul qilish model va algoritmlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ko‘p pog‘onali ierarxik aloqa tarmog‘ining ishlash samaradorligini baholash uchun ishlab chiqilgan modellar, algoritmlar va dasturlar «O‘zbektelekom» AK «Uzmobayl» filiali faoliyatida joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 26 yanvardagi 33-8/574 son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida olingan natijalar sinov-konstruktorlik ishlarini bajarishda loyihalash vaqtini 20-30% foizga qisqartirishga va aloqa tarmog‘ini boshqarish tizimlarini ratsional tuzilmasini asoslashga, hamda uning ishlash ishonchliligini 10-20% foizga oshirishga imkon bergan.
turli aloqa kanallari bo‘yicha uzatiladigan xabarlarning asliga to‘g‘riligini baholash modeli va aloqa tarmog‘i elementlarining rad etishlari va qayta tiklanishlari oqimlari asosida ishlab chiqilgan aloqa tarmog‘iga yuklamani optimal taqsimlash algoritmi «ASR-CABLE» OAJ faoliyatida joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiya-larini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 26 yanvardagi 33-8/574 son ma’lumotnomasi). Natijada taklif etilgan tarkibiy aloqa traktlari bo‘yicha uzatiladigan xabarlarning asliga to‘g‘riligini baholash uchun retranslyasiyalashli aloqa liniyasining modeli aloqa retranslyatorlaridan foydalanish va eng yaxshi radiouzatish yo‘nalishini tanlashning maqsadga muvofiqligi masalasini optimal echishga imkon bergan.