Cultonov Boxodir Elbekovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Markaziy Qizilqum past navli fosforitlarini yuqori samarador va tejamkor usulda kimyoviy boyitish texnologiyasi», 02.00.13–Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/T1.
Ilmiy maslahatchi: Zakirov Baxtiyor Sobirjanovich, kimyo fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Dadaxodjaev Abdullo Tursunovich, texnika fanlari doktori, professor; Iskandarova Mastura Iskandarovna, texnika fanlari doktori, professor; Jumaniyazov Maksud Jabbievich,texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Markaziy Qizilqum (MQ) past navli fosforitlari va ularning chiqindilarini nitrat va xlorid kislotalari yordamida kimyoviy boyitishning samarador va tejamkor texnologiyalarini ishlab chiqish va olingan fosforit konsentratini o‘g‘itli presipitat va kompleks o‘g‘itlarga qayta ishlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marotaba yuqori karbonatli MQ fosforitlarini nitrat kislotasi bilan boyitish, hosil bo‘lgan kal`siy nitratni NKFSni fil`trlash orqali ajratish va nam fosforit konsentratini aylanma Ca(NO3)2 eritmasi va suv bilan yuvish mumkinligi ko‘rsatilgan hamda fosforit konsentrati tarkibini nitrat kislota me’yori va konsentratsiyasiga, fosforitni 10% li kal`siy nitrat eritmasi, suvga og‘irlik nisbati va yuvish karraligiga o‘zaro bog‘likligi aniqlangan va turli navli Qizilqum fosforitlarini boyitishni maqbul sharoitlari topilgan;
minerallashgan massani xlorid kislotali boyitishdagi ko‘piklanish jarayonlariga xlorid kislota me’yori, konsentratsiyasi va aylantirgich tezligini ta’siri to‘g‘risida yangi ilmiy ma’lumotlar olinib, yuqori R2O5 va kichik kal`siyli modulga ega bo‘lgan fosforit konsentratlari olish jarayonlarining maqbul sharoitlari topilgan;
o‘g‘itli presipitat tarkibini NCl ni me’yori, konsentratsiyasi, cho‘ktiruvchi Sa(ON)2 ni me’yori va fosforit:N2O ning og‘irlik nisbatlariga o‘zaro bog‘liq munosabatlari aniqlangan;
boyitilgan fosforitlarni ammoniy tuzlari bilan faollashtirish asosida murakkab-aralash o‘g‘itlar olishni samarador texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
MQ fosforitlarini nitrat va xlorid kislotalari bilan boyitish, hosil bo‘lgan fosfokonsentratni EFK, presipitat va kompleks o‘g‘itlarga qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
MQ fosforitlarini nitrat kislotasi bilan boyitish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan ixtiro patenti olingan (№IAP 02846). Natijada past navli MQ fosforitidagi kal`siy modulini 2,48 dan 1,71–1,78 gacha kamaytirish va shu orqali uni qayta ishlashda ishlatiladigan o‘ta tanqis sul`fat kislotasi sarfini 35% ga qisqartirish imkoniyati yaratiladi;
MQ past navli fosforitlarini nitrat kislotali boyitish texnologiyasi “Samarqandkimyo” aksiyadorlik jamiyatida amaliyotga tadbiq etilib, yangi turdagi yuqori sifatli fosfat xom-ashyosi olingan («O‘zkimyosanoat» AJning 2017 yil 7 iyuldagi 01-2805/P-son ma’lumotnomasi).Ushbu natijalarni amaliyotga joriy qilish fosfokonsentrat tannarxini amaldagi yuvib kuydirilgan fosfokonsentratidan 1,2 barobarga arzonlashtirish imkoniyatini beradi.