Sayt test rejimida ishlamoqda

Boboxujaev Shuxrat Umarovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G.hirsutum L. turiga mansub g‘o‘zaning alohida xromosomalari almashtirilgan shakllarining sitogenetik tahlili», 03.00.09 – Umumiy genetika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/V31.
Ilmiy rahbar: Sanam`yan Marina Feliksovna, biologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSc.02/30.12.2019.V.53.01.
Rasmiy opponentlar: Nabiev Saidg‘ani Muxtorovich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Egamberdieva Saida Abdisamatovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Etakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ilgari olingan G.hirsutum L. turiga mansub aneuploid liniyalar yordamida alohida xromosomasi yoki elkalari almashtirilgan spesifik xromosomalarni yoki ularning elkalarini G.barbadense L. turidan G.hirsutum L. turiga maqsadli ravishda almashtirish orqali g‘o‘zaning yangi turlararo aneuploid duragay shakllarini olish, shuningdek ularning sitogenetik va biomorfologik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor alohida xromosomalari (2, 4, 6, 7 va 18) va xromosoma elkalari (6-elkasi va 11-elkasi) almashgan turlararo aneuploid F1 duragay o‘simliklari va bekkross F1VS1 va F1VS2 shakllarining chatishuvchanlik, chigit tuguvchanligi, urug‘ unuvchanligi  hamda yashovchanlik ko‘rsatkichlari aniqlangan;
G.hirsutum turiga mansub monosomik va monotelodisomik liniyalarni G.barbadense turiga mansub Pima 3-79 liniyasi bilan chatishtirib olingan turlararo aneuploid F1 duragaylarda, shuningdek g‘o‘zaning alohida xromosomasi va xromosoma elkalari almashgan turlararo aneuploid bekkross F1VS1 va F1VS2 o‘simliklarida meyozning metafaza-I bosqichida xromosoma kon’yugatsiyasi va sporadalar hamda changlarning pushtliligi isbotlangan;
g‘o‘zaning yangi F1 turlararo aneuploid duragaylarida, shuningdek alohida xromosomasi va xromosoma elkalari almashgan F1VS1 va F1VS2 turlararo aneuploid bekkross o‘simliklarida biomorfologik tahlil orqali  6 ta xromosomalar bo‘yicha morfologik belgilar aniqlangan;
G.hirsutum turining inbred L-458 liniyasi genotipi asosida yangi alohida xromosomalari va xromosoma elkalari almashgan F1 turlararo aneuploid duragaylari va F1VS1 va F1VS2 bekkross shakllari olingan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
G‘o‘zani G.hirsutum L. turining alohida xromosomalari almashtirilgan formalarini sitogenetik tahlili buyicha olingan natijalar asosida:
alohida xromosomalari almashgan duragay shakllarida SSR markerlari №QX-YoA-FA-2018-78 “G‘o‘zaning (G.hirsutum L.) noyob monosomik duragaylarida nuqsonli xromosomalarni DNK markerlar texnologiyasi yordamida aniqlash” mavzusidagi amaliy loyihasida molekulyar-genetik tadqiqotlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 9 sentyabrdagi 4/1255-1845-son ma’lumotnomasi). Natijada, xromosomasi-almashgan duragaylarda ayrim spesifik xromosomalarni aniqlash imkonini bergan; 
alohida xromosomasi almashgan bekkross F1BC2 duragaylari “Inbred, mutant, introgressiv va sitogenetik liniyalar genetik kolleksiyasi – g‘o‘za belgilarining sintetik gen manbai” noyob ob’ektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 24 noyabrdagi 89-03-4913-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu namunalar g‘o‘zaning genetik germplazmasi kolleksiyasini boyitish imkonini bergan;
xromosomalari almashgan Mo62XPima-379 duragayidan Rossiya Fanlar akademiyasi Botanika institutida g‘o‘zaning monosomik tizmalarini sitoembriologik tadqiqotlarida foydalanilgan (Rossiya Fanlar akademiyasi V.L.Komarova nomidagi Botanika institutining 2020 yil 15 sentyabrdagi 12503/VIII-461-597-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu namunalar sitoembriologik tadqiqotlarda otalik va onalik reproduktiv tizimining rivojlanishi tabiati, shakllanishi va rivojlanish intensivligini aniqlash imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish