Botirov Abdurasul Jumaevichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Timpanoplastikada ksenotransplantat qo‘llashni klinik-eksperimental asoslash», 14.00.04 – Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib333.
Ilmiy rahbar: Matkuliev Xayitboy Matkulievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Arifov Sayfiddin Saidazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Guseynov Nazim Mametovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Ozarbayjon).
Yetakchi tashkilot: Seul Milliy universiteti (Koreya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: timpanoplastika jarrohlik amaliyotida ksenotransplantatni qo‘llashning samaradorligini klinik-eksperimental baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor timpanoplastika jarrohlik amaliyotlarida tuzilishi bo‘yicha nog‘ora pardaga yaqin bo‘lgan qo‘y perikardidan tayyorlangan ksenotransplantat qo‘llanilishi isbotlangan;
surunkali o‘rta otitda nog‘ora pardaning perforatsiyasida ksenotransplantat joylashtirilgan sohasida turli xil muddatlarda yosh limfo-gistotsitar xujayralardan tolali tuzilmalar shakllanishi va ijobiy bitish jarayoni aniqlangan;
ilk bor klinik amaliyotda nog‘ora pardaning subtotal va total nuqsonlarida neotimpanal membrananing shakllantirishda ksenotransplantatni o‘rnatilish tartibi isbotlangan;
ilk bor nog‘ora pardaning plastik jarrohlik amaliyotida ksenotransplantatni qo‘llashning klinik-funksional tekshiruv natijalari va baholash mezonlariga asoslanib samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Timpanopalastikada ksenotranmtplantat qo‘llashni klinik-eksperimental asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
timpanoplastikaning samaradorligini ishonchli tarzda yaxshilanishiga qaratilgan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Surunkali o‘rta otit bilan xastalangan bemorlarda timpanoplastika amaliyotida ksenotransplantatni qo‘llashni klinik-funksional samaradorligini baholash» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 oktyabrdagi 8n-d/177-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali otit bilan xastalangan bemorlarda kasallikni erta tashxislash, bemorlarni kuzatish orqali bemorlarning xastalik tufayli asoratlari va nogironlikning oldini olish imkonini bergan;
eksperimental timpanoplastikaga oid ilmiy izlanishlar asosida ishlab chiqilgan «Eksperimental timpanoplastikada transplantatlarni qo‘llashning morfologik natijalari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 oktyabrdagi 8n-d/177-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma eksperimental izlanishlarda ksenotransplantatni qo‘llashning morfologik ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda timpanoplastika jarrohlik amaliyotida ushbu transplantatni qo‘llashning yuqori samaradorligini oshirish imkonini bergan;
Timpanopalastikada ksenotranmtplantat qo‘llashni klinik-eksperimental asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli shifoxonasi otorinoloringologiya bo‘limi, Respublika patologik anatomiya markazi va ProfMedService shifoxonasi klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 30 iyundagi 8n-z/148–son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi surunkali o‘rta otit bilan xastlangan bemorlarda davolash samaradorligini oshirish, bemorlarning eshitish qobiliyatini yaxshilash, bemorlarning umr ko‘rish davriyligini uzaytirish, davolash profilaktik yordam sifatini oshirish, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, ijobiy jarrohlik samaradorligini oshirish imkonini bergan.