Haydarov Mavlonjon Mashrabovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona vodiysining shimolidagi bo‘z tuproqlarini kimyoviy va biogeokimyoviy xususiyatlari», 03.00.13 – Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/B422.
Ilmiy rahbar: Yuldashev G‘ulom, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, RhD.03/30.12.2019.V.05.03.
Rasmiy opponentlar: Jabbarov Zafarjon Abdukarimovich, biologiya fanlari doktori, professor; Raupova Nodira Baxromovna, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: shimoliy bo‘z tuproqlarining morfologik, agrofizik, agrokimyoviy va biogeokimyoviy xususiyatlarini, gumus miqdori va gumusli holati hamda erkin tuproq aminokislotalarini, ularni energetik holatlarini aniqlash bilan birga tuproq unumdorligini oshirishga yo‘naltirilgan ilmiy-amaliy echimlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘q tusli, tipik va och tusli bo‘z tuproqlarning morfogenetik tuzilishidagi o‘zgarishlariga, energetik holatiga bog‘liq ravishda antropogen omillar ta’sirida agrokimyoviy, agrofizikaviy, biogeokimyoviy xossalari o‘zgarishi isbotlangan;
bo‘z tuproqlarning madaniylashganligiga bog‘liq ravishda ularning gumusli va energetik holatlari, gumusining guruhli tarkibi, erkin aminokislotalarining miqdorlari va energetik holatlari hamda element tarkibining tabaqalanishi isbotlangan;
bo‘z tuproqlarda erkin aminokislotalar va gumusning juft korrelyasiyasi ijobiy ekanligi isbotlangan hamda aminokislotalarning energiyasini hisoblashga doir zamonaviy dastur asosida hisoblash usuli ishlab chiqilgan;
kuzgi bug‘doy hosildorligini va sug‘oriladigan bo‘z tuproqlarni unumdorligini oshirishga qaratilgan amino komplekslar bilan ishlov berish usullarini ilmiy-amaliy echimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Farg‘ona vodiysining shimolidagi bo‘z tuproqlarini fizik-kimyoviy holati, biogeokimyoviy xossalari, unumdorligini yaxshilash, bug‘doy hosildorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tuproq qatlamlaridagi aminokislotalarni sifat va miqdor hamda energetik jihatdan bir-biridan farqlanishi, tuproq qatlamlarida ayrim muhim aminokislotalarni yo‘qligi aniqlanganligi tufayli o‘simliklarni aminokislotalar bilan barg orqali oziqlantirish agrotexnologiyasi Namangan viloyati Kosonsoy tumanida 38 ga maydonda, Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida 28 ga maydonda, Farg‘ona davlat universiteti agrouchastkasida 2,5 ga maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 16 martdagi 02/025-929-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuproqlarning agrokimyoviy, biogeokimyoviy xossalari yaxshilanishi bilan birga salbiy ta’sir kuzatilmadi, bug‘doy hosildorligini oshirish imkonini bergan;
sug‘oriladigan bo‘z tuproqli sharoitda bug‘doyni parvarishlashda, uni tabiat injiqliklariga chidamliligini oshirishda «Solo gumat kaliya jidkiy torfyanoy+amino complex»dan 1,5 l/ga me’yorda erta bahorda maysalar ustiga 2 marotaba 7 kun oralatib 500 l suvda eritib sepish agrotexnologiyasi “Kosonsoy Zar chorvadori” va “Tavakkal Jo‘rabek Mirzoobod” fermer xo‘jaliklarida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 16 martdagi 02/025-929-son ma’lumotnomasi). Natijada, hosil miqdori 47,4–61,0 s/ga ni tashkil qilib, nazoratga nisbatan 3,7–7,1 s/ga qo‘shimcha don olish hamda 8–13% rentabilikka erishish imkonini bergan.