Shomirov Dilshod Abduxamidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Semizlik kuzatilgan ayollarda total gisterektomiyadan keyin apikal prolapsning oldini olishning jarrohlik usuli», 14.00.01–Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: PhD.04/05.06.2020.Tib.114.01.
Ilmiy rahbar: Najmutdinova Dilbar Kamariddinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, PhD.04/05.06.2020.Tib.114.01.
Rasmiy opponentlar: Kurbonov Djaxongir Djamalovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Karimova Feruza Djavdatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: semizlik kuzatilgan ayollarda total laparatom gisterektomiyaning xirurgik texnikasini takomillashtirish yo‘li bilan qin cho‘ltog‘i prolapsining oldini olishning samarali usulini takomillashtiridan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
semizlik kuzatilgan ayollarda yog‘ almashinuvining buzilishi, tana vazni indeksining keskin ortishi bemorlarda qin cho‘ltog‘ini mustahkamlashda laparotom kirish yo‘li bilan total gisterektomiya amaliyotiga moyilligi asoslangan; 
semizlik kuzatilgan ayollarning periferik qon tarkibidagi sitokinlar miqdorining turg‘unsizligi jarroxlik amaliyotni bajarishda jinsiy a’zoning pastga tushishi, butunlay tushib ketishi, a’zo mushaklarining bo‘shashi, siydikni ushlab tura olmaslik, libidoning pasayishi  kabi asortlarning yuzaga keltirish tartibi ochib berilgan;
semizlik kuzatilgan ayollarda total gisterektomiya jarayonida yangi takomillashtirilgan taktikadan foydalanish jarrohlik amaliyotining davomiyligi ikki martaga qisqartirish va yuzaga keladigan asoratlarni oldini olish samaradorligiisbotlangan;
semizlik kuzatilgan ayollarda total gisterektomiyadan so‘ng qin prolapsining oldini olishda kardinal, dumg‘aza-bachadon yumaloq boylamlari qin devorlarni uzluksiz chok yordamida tabiiy «drenaj»ning yaratilishi natijasida jarroxlik amaliyoti samaradorligini oshirishga  bog‘liqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Semizlik kuzatilgan ayollarda total gisterektomiyadan keyin apikal prolapsning oldini olishning jarrohlik usulini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
semizlik kuzatilgan ayollarda total gisterektomiyadan keyin apikal prolapsning oldini olishda kardinal, dumg‘aza-bachadon yumaloq boylamlari qin devorlarni uzluksiz chok yordamida tabiiy «drenaj»ning yaratilishi orqali jarrohlik usulini takomillashtirish natijasida «Bachadon miomasi va semizlik bilan xastalangan ayollarda total gisterektomiyadan keyin qin cho‘ltog‘i prolapsini oldini olishning xururgik usulini ishlab chiqish» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 30 noyabrdagi 8n–d/220–son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga qo‘llanilishi natijasida semizlik bilan xastalangan ayollarda operatsiyadan keyingi erta va kechki asoratlar uchrash darajasini kamaytirish hamda total gisterektomiya o‘tkazilish vaqtida qin cho‘ltog‘i prolapsining oldini olish va davolashning yangi xirurgik usullarini takomillashtirish yo‘li bilan ayollar hayot sifati darajasini  oshirish va salomatlik holatini tiklash imkonini bergan;
semizlik kuzatilgan ayollarda total gisterektomiyadan keyin apikal prolapsning oldini olishning jarrohlik usulini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, 5-sonli shahar klinik kasalxonasi va «Gatling Med»  xususiy shifoxonasining klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 26 yanvardagi 8n–z/22-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi semizlik bilan xastalangan ayollarda operatsiya parametrlari va operatsiyadan keyingi davrni taqqoslash natijasida ishlab chiqilgan usul bo‘yicha operatsiya o‘tkazilishi, operatsiya davomiyligini 2 baravar qisqartirish, qon yo‘qotish hajmini 1,5 baravar kamaytirish, kul`tit va operatsiyadan keyingi asoratlarning rivojlanishini 2 marta kamaytirish, shifoxonada bo‘lish davrini 2,6 baravar qisqartirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish