Pulatov Oybek Abdumutalovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Olib qo‘yilmaydigan ortodontik apparatlardan foydalanilgan bolalarda stomatologik profilaktika tizimining samaradorligi”, 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tib499.
Ilmiy raxbar: Yuldashev Abduazim Abduvalievich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarkand davlat tibbiyot instituti, DSc.04/05.06.2020 Tib 102.02.
Rasmiy opponentlar: Daminova Shaxnoza Badriddinovna tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Abduvakilov Jaxongir Ubaydullaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Tokai tibbiyot markazi (Yaponiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tish qatori anomaliyalari mavjud bolalarda breket tizimini o‘rnatishda «BC-Plus» va «U-Bond» adgeziv materiallarining past kariesogen samaradorligini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
13-18 yoshli bolalarni ortodontik davolashda, tish qattiq to‘qimasining karies bilan zararlanishida 37% li ortofosfor kislota tarkibli adgezivdan foydalanilganda, dog‘ bosqichidagi boshlang‘ich karies shakllari uchrashi isbotlangan;
bolalarda ortodontik davolashning turli bosqichlarida tish qattiq to‘qimasi, qon va so‘lakning mikro-makroelementar tarkibini aniqlashda elektroradiologik (neytronni faollashtirish) usulining ishlatilishi ilmiy asoslangan; 
bolalarda ortodontik davolashning turli bosqichlarida tish qattiq to‘qimalari demineralizatsiyasi, parodont to‘qimasi va og‘iz bo‘shlig‘ining gigienasi xolatidagi o‘zgarishlar dinamikasining o‘ziga xosligi asoslangan;
bolalarda ortodontik, breket tizimi yordamida davolash samaradorligini nazorat qilishda og‘iz bo‘shlig‘i gigienasi holati, remineralizatsiyalovchi gellar va ftorlovchi dori vositalarining kompleks qo‘llash samaradorligi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ortodontiyada «U-Bond» adgeziv materialini kompleks profilaktik vositalar «R.O.C.S. PRO» tish cho‘tkasi xamda «R.O.C.S. Medical Minerals» tish geli bilan birgalikda qo‘llanilishining samaradorligini baholashning ilmiy natijalari asosida:
ortodontik davolanish vaqtida bolalarda professional og‘iz bo‘shlig‘i gigienasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan "Ortodontik davolanish vaqtida bolalarda professional og‘iz bo‘shlig‘i gigienasini takomillashtirish" uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 04/09/2020 yildagi 8n-r/292 son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanomada taklif etilgan «U-Bond» adgeziv materialini va «R.O.C.S. PRO» tish cho‘tkasining tish emalining yaxlitligini buzilishini oldini olish, ortodontiyada davolanish muddatini qisqartirishga va bemor bolalarning shifokorga tashrif sonini kamaytirish imkonini bergan; 
olib qo‘yilmaydigan ortodontik vositalardan foydalanilgan bolalarda tish kariesi profilaktikasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Olib qo‘yilmaydigan ortodontik vositalardan foydalanilgan bolalarda tish kariesi profilaktikasi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 4 sentyabrdagi  8n-r/293-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanomada stomatologiyada tish kariesi profilaktika muolajalarining samaradorligini oshirishda, uzoq muddat breket tizimidan foydalangan bolalar va o‘smirlarda dog‘ bosqichidagi karies kabi asoratlar sonini kamaytirishi to‘g‘risida nazariy va amaliy stomatologiya uchun keng imkoniyatlar bergan.
Uslubiy tavsiyalar amaliy tibbiyotga, jumladan Samarqand viloyat stomatologik poliklinikasi, DUK 1 – Stomatologiya poliklinikasi va DUK respublika stomatologiya poliklinikasi amaliyotiga tadbiq qilindi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020  yil 9 oktyabrdagi  8n-d/165-son  ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni amalga oshirish 48-62%  hollarda ortodontik davolashni ijobiy natijalarini yaxshilash imkonini berdi. Terapevtik stomatologiya yo‘nalishida foydalanish uchun ishlab chiqarilgan «U-Bond» adgeziv materialini kompleks profilaktik vositalar bilan foydalanishda, ortodontik stomatologiya amaliyotiga tadbiq etilishi va bu vositalarni amaliyotda qo‘llash orqali barcha Respublikamizda breket tizimidan foydalangan bemorlarda tish kariesini  tarqalishini 2 marotabaga kamaytirishga imkon bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish