Narzulaeva Umida Raxmatulloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Issiq iqlimda kechuvchi gipertoniya kasalligining boshlang‘ich bosqichlarida gemoreologik va dislipidemik buzilishlar va ularni korreksiyalash», 14.00.05-ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/TIB1326.
Ilmiy rahbar: Samieva Gulnoza Utkurovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot instituti PhD.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Ravshanbek Babajonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raximova Dilorom Alimovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: issiq iqlimda kechuvchi gipertoniya kasalligining boshlang‘ich bosqichlarida gemoreologik va dislipidemik buzilishlarni erta tashhislash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bemorlarda stresslar ustunligi, regulyator mexanizmlarning ergotropik o‘zgarishlari va energiya potensialining zaiflashib borishi ko‘rinishidan dalolat beruvchi Kerdo vegetativ indeksini “yaqqol simpatikotoniya” tipida uchrashi aniqlangan; 
ilk bor arid hududida dislipidemiya, qon solishtirma yopishqoqligi, Kesson yopishqoqligining baravariga ortishi va eritrotsitlar qaytmas agregatsiyasining ortib borishining havo haroratini o‘zgarishi, namlikning kamayishi kabi iqlim omillariga bog‘liqligi isbotlangan; 
issiq iqlimda kasallik erta bosqichlarida gemoreologik parametrlardagi va lipid spektridagi o‘zgarishlar oqibatida qon tomirlarda pressor omillar ustunligi kasallik zo‘rayishining prognostik markeri ekanligi isbotlangan;
kardiovaskulyar xavf omillarini bartaraf etish maqsadida sog‘lom turmush tarzi dasturiga DASH dietasini kiritish va medikamentoz kardioselektiv β1 adrenoblokatorlar hamda GMK koA reduktaza ingibitorlarini qo‘llanilganda davo samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Issiq iqlimda kechuvchi gipertoniya kasalligining boshlang‘ich bosqichlarida gemoreologik va dislipidemik buzilishlar va ularni korreksiyalashning klinik-laborator asoslanishi va samaradorligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
kasallikning boshlang‘ich bosqichlarida gemoreologik va dislipidemik buzilishlarni bartaraf etish, vegetativ nerv sistema holatini baholash va arterial qon bosimining maqsadli darajasiga erishish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Nemedikamentoznaya korreksiya dislipidemicheskix rasstroystv i arterial`noy gipertenzii na rannem etape razvitiya gipertonicheskoy bolezni u lis molodogo vozrasta» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 17 dekabrdagi 8n-d/246-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni joriy qilish gipertoniya kasalligi boshlang‘ich bosqichidagi bemorlarni davolashda DASH dietasini qo‘llash orqali dislipidemik buzilishlarni korreksiyalash va nishon a’zolarda shikastlanishlarni oldini olishda samarali davo kombinatsiyalarini ishlab chiqish imkonini bergan;
bemorlarda gemoreologik va dislipidemik buzilishlarni korreksiyalash maqsadida qo‘llanilgan terapiya samaradorligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro viloyatining Peshku TTB markaziy poliklinikasi va Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasi amaliyotiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 28 yanvardagi 8n-z/25-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi GK erta bosqichlarida gemoreologik va dislipidemik buzilishlarni bartaraf qilish zaminida nishon a’zolar shikastlanishi 2 baravarga kamayish, sog‘lom turmush tarzini faol tadbiq etish orqali bemorlar hayot sifatini 1,7 baravarga oshish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish