Kadirov Jonibek Fayzullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda OIV-infeksiyasi kechishini bashorat qilish», 14.00.10 - Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib475.
Ilmiy rahbar: Xudaykulova Gulnara Karimovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Mubaraxon Djalilovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ibadova Gulnara Alievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek populyasiyasidagi bolalarda OIV-infeksiyasini bashorat qilishni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
OIV-infeksiyasining bolalarga perinatal yo‘l bilan yuqishi natijasida kasallikning og‘ir shaklda kechishi hamda og‘ir oqibatlar bilan yakunlanishi isbotlangan;
perinatal yo‘l bilan zararlangan bolalarda OIV-infeksiyasini erta tashhislashga oid kliniko-antropometrik belgilarning o‘zaro korrelyasion bog‘liqligi isbotlangan;
ilk marotaba o‘zbek populyasiyasidagi bolalarda OIV-infeksiyasining kechishiga ta’sir etuvchi CCR5-Delta32 genining o‘rni isbotlangan;
OIV ning proliferatsiyasida CCR5 geni Delta32 mutatsion variantining protektiv ahamiyati borligi aniqlangan;
perinatal yo‘l orqali OIV-infeksiyasi bilan zararlangan bolalarning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan, kasallikning kechishi va oqibatlarini bashorat qiluvchi klinik, laborator va genetik (CCR5-Delta32) omillar majmuasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda OIV-infeksiyasi kechishini bashorat qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bolalarda OIV-infeksiyasini erta tashxislash, klinik-laborator kechishini bashorat qilish va davolash usullarini takomillashtirish, kasallikning asoratlarini kamaytirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida «Bolalarda OIV-infeksiyasi klinik-laborator kechishini bashorat qilish» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 30 noyabrdagi 8n-r/213-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma OIV-infeksiyali bolalarda samarali davolashni, asoratlarni erta tashxislash va bashorat qilishni hamda dispanserizatsiya qilish tizimi tartibini shakllantirish imkonini bergan;
bolalarda OIV-infeksiyasini erta tashxislash, klinik-laborator kechishini bashorat qilish va davolash usullarini takomillashtirish, kasallikning asoratlarini kamaytirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Navoiy viloyat OITS ga qarshi kurashish markazida va Samarqand viloyati Urgut tuman tibbiyot birlashmasining klinik amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 7 yanvardagi 8n-z/5-son ma’lumotnomasi). Natijada kasallikni davolash samaradorligini oshirib, kelib chiqadigan asoratlarni oldini olishda genetik omil asosida kasallik oqibatlarini bashorat qilish, kasallikdan so‘ng rivojlanadigan nogironlikning oldini olish hamda kamaytirish imkoni yaratilgan.