Djuraev Xusen Xayrulloevichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Buxoro xattotlik maktabi tarixi va uning madaniy hayotga ta’siri”, 07.00.01 - O‘zbekistan tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.RhD/Tag235.
Ilmiy rahbar: Xaitov Shadmon Ahmadovich, tarix fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti,  RhD.03/30.12.2019.Tag.78.02.
Rasmiy opponentlar: Qobulov Eshbolta Otamuradovich, tarix fanlari doktori; Vohidov Shodmon Huseynovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Buxoroda yaratilgan nodir qo‘lyozma, toshbosma manbalarni jamlash, tadqiq etish va xattotlik maktabi namunalarining ma’naviy-madaniy hayotga ta’sirini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro xattotlik san’atida XVI-XX asrlarda Mir Ali Hiraviy Fathobodiy, Mir Ubayd Buxoriy, Domlo Bobobek va Sharifjon Maxdum Sadr Ziyo kabi mashhur xattotlar asos solgan yirik to‘rtta maktab mavjud bo‘lganligi isbotlangan;
Sharq xattotlik maktabining etti xat turiga asoslangan 36 xat uslublaridan aynan Buxoro xattotlik maktabida “Nasta’liq”, “Nasxiy Buxoriy” va “Terma dudnavis” uslublaridan keng foydalanilgani asoslangan;
XVI asrdan boshlab Buxoro xattotlik maktabida kitobat qilish ishlarida “Abri bahor” (qog‘oz bezash) san’ati uslubi kashf etilib, amalga keng tadbiq qilinganligi ochib berilgan;
Buxoro xattotlik maktabida yangi “Poygir” uslubi kashf etilgani, u orqali kitob sahifalarini raqamlash hamda mohir xattot Mir Ubayd Buxoriyga tegishli “Nasxi Buxoriy”ning boshqa xat turilaridan farqli jihati ya’ni, “nasx” va “nasta’liq” xat turlari birikmasidan hosil bo‘lgan o‘ziga xos jihatlari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buxoro xattotlik maktabi tarixi va uning madaniy hayotga ta’sirini tadqiq etish natijalari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
Buxoro xattotlik maktabining Nasta’liq, Nasxiy Buxoriy va Terma dudnavis kabi xat uslublari to‘g‘risidagi amaliy xulosalardan “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” turkumi ostidagi kitob-al`bom (14 jildlik, Toshkent: “O‘zbekiston”, “Uzbekistan Today”, 2011-2016)da keltirilgan tasavvuf shayxlari maqbaralardagi bitiklarni, shuningdek, boshqa obidalardagi so‘fiyona bitiklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2019 yil 10 yanvardagi 01.12.10-128-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston tarixiy obidalaridagi bitiklarning xalqimiz ma’naviy merosidagi o‘rnini aniqlashga, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilgan tadbirlarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
XVI-XX asrlarda Buxoro xattotlik maktabining asoschilari, jumladan, Mir Ali Hiraviy Fathobodiy, Mir Ubayd Buxoriy, Domlo Bobobek va Sharifjon Maxdum Sadr Ziyo kabilarning husnixat san’ati tarixi haqidagi ma’lumot va xulosalar, uni tadqiq etish borasidagi taklif va tavsiyalardan nodir qo‘lyozma asarlar hamda Buxoro me’moriy obidalaridagi bitiklarni tiklashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2019 yil 10 yanvardagi 01.12.10-128-son ma’lumotnomasi). Natijada xattotlik san’atining ma’naviy hayotga ta’siri, O‘zbekistonning buyuk tarixi, boy madaniy va ma’naviy merosi bilan keng hamda chuqur tanishish imkoniyati yaratilgan;
Buxoro xattotlik maktabi va uning madaniy hayotga ta’siri bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlar va ilmiy xulosalar asosida Buxoro viloyat teleradio kompaniyasining “Menga so‘z bering”, “Payomi ro‘z”, “Assalom, Buxoro” va “Munosabat” teleko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradikompaniyasining 2018 yil 17 dekabrdagi 1/586-son ma’lumotnomasi). Natijada tomoshabinlarga Buxoro xattotlik maktabi an’analari va hozirgi holati haqida yangi ma’lumotlar berishi bilan birga, yoshlarimiz ongiga milliy g‘urur, milliy iftixor va Vatanga sadoqat tuyg‘ularni singdirishga manbaviy asos bo‘lib xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish