Panchenko Aleksandr Evgen`evichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mejdurech`e maydonining bosh ma’dan zonasi misolida yashirin oltin ma’danlashuvini bashoratlashning mezonlari (Qizilolmasoy ma’danli maydoni)», 04.00.02 – Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish. Metallogeniya va geokimyo (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/GM93.
Ilmiy rahbar: Soy Vladimir Den`evich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Mineral resurslar instituti” DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Mineral resurslar instituti” DM, DSc.24/30.12.2019.GM.40.01.
Rasmiy opponentlar: Turapov Mirali Kamalovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Xalmatov Rustam Abduxatovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Geologiya va geofizika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qizilolmasoy ma’danli maydoni Mejdurech`e uchastkasidagi yashirin oltin ma’danlashuvini bashorat qilishning amaldagi mezonlarini takomillashtirish va yangi mezonlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarqoq ma’danli minerallashuv zonalari bilan o‘xshash, zonalligi kuchsiz ifodalangan, effuzivlarda joylashgan qiya, frontal, polimineral metasomatitlarning yashirin epitermal oltin ma’danlashuviga (o‘rtacha chuqurlikda) istiqbollari asoslangan;
yashirin epitermal oltin ma’danlashuvni bashorat qilish maqsadlari uchun kuchsiz konsentratsiyalashgan minerallashuvning mezonlari, belgilari aniqlangan va ularni saralash tavsiflari olingan;
o‘rganilayotgan ma’dan hududi uchun yashirin va eroziya natijasida er yuzasiga chiqqan minerallashuvning tubdan farq qiluvchi mezonlari va belgilari isbotlangan;
yashirin oltin ma’danli konlar va ma’dan namoyonlarining aniqlanish darajasi bo‘yicha joylashish va differensiatsiyalanish xususiyatlaridan kelib chiqqan holda prognozlash-izlash ishlarining ratsional kompleksi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mejdurech`e uchastkasi (Qizilolmasoy ma’danli maydoni) Bosh ma’dan zonasidagi yashirin oltin ma’danlashuvini prognoz qilish mezonlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
yashirin oltin ma’danlashuvini prognoz qilish mezonlari «Toshkentgeologiya» AJ amaliyotiga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2021 yil 27 yanvardagi 02-19-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qizilolmasoy ma’danli maydoni hududida va Shovoz-Dukent tizmasining sharqiy qismida kam o‘rganilgan yashirin oltin ma’danlashuviga istiqbolli yangi maydonlarni ajratish va ularni o‘rganish ketma-ketligini belgilash imkonini bergan; 
ishlab chiqilgan prognozlash-izlash ishlarining ratsional kompleksi «Toshkentgeologiya» AJ faoliyatiga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2021 yil 27 yanvardagi 02-19-son ma’lumotnomasi). Natijada, Angren ma’danli mintaqasidagi yashirin oltin ma’danlashuvining ma’dan usti zonasi geologik-geokimyoviy xususiyatlarini aniqlash imkonini bergan;
kuchsiz konsentratsiyalashgan minerallashuvni saralash bo‘yicha olingan tavsiflar «Toshkentgeologiya» AJning ishlab chiqarish faoliyatiga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2021 yil 27 yanvardagi 02-19-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu tavsiflar topilishi qiyin bo‘lgan ma’danlashuvni aniqlashda kompleks yondashuv bilan bir qatorda ma’danli mintaqada prognozlashning ishonchliligini oshirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish