Niyazmetova Dildora Davletovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy laraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz va o‘zbek tillarida oziq-ovqat komponentli frazeologizmlarning lingvokul`turologik xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1. DSc/Fil122.
Ilmiy rahbar: Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019. Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Rasulova Mahfuza Inamovna, filologiya fanlari doktori, professor; Agzamova Dildora Baxodirjonovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi oziq-ovqat komponentli frazeologizmlarning lingvokul`turologik xususiyatlarini va etimologik manbalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ingliz va o‘zbek tillaridagi oziq-ovqat komponentli frazeologizmlarning kelib chiqishi xalq og‘zaki ijodi, mumtoz va badiiy adabiyot, tarixiy voqelik, milliy an’analar va urf-odatlar, diniy-ma’rifiy, ijtimoiy o‘zgarishlar kabi mezonlar bilan bog‘liqligi asoslangan;
oziq-ovqat komponentli frazeologik birliklar frazeo-semantik guruhlarga tasniflanib, ingliz tilidagi frazeologizmlarning o‘zbek tilidagi ekvivalentlik darajasi to‘liq va qisman mos kelishlik belgisiga ko‘ra aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi oziq-ovqat komponentli frazeologizmlarning milliy-madaniy xususiyatlari ob’ektiv (realiyalar) va sub’ektiv (ekvivalentlikka ega obrazlar) omillar orqali dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi oziq-ovqat komponentli frazeologik birliklarning odob, tarbiya va odobsizlik; umid, ishonch, orzu-havas va umidsizlik; epchillik, uddaburonlik va noshudlik; me’yor va me’yorsizlik; taqdir, omad va baxtsizlik; rizq-nasiba; tejamkorlik va isrofgarchilik; fursat qadri; farosat va farosatsizlik; tozalik, sog‘lik va bemorlik; xotirjamlik va bezovtalik; mamnunlik va xafagarchilik singari turli hayotiy va kontrast ma’nolarni ifodalovchi muayyan leksik tizim asosida tematik-ideografik modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi oziq-ovqat komponentli frazeologizmlarning lingvomadaniy xususiyatlari va chog‘ishtirma tahlili bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
ingliz va o‘zbek tillaridagi oziq-ovqat komponentli frazeologizmlarni komponent jihatdan klassifikatsiyasiga doir to‘plangan ma’lumotlardan (code G00079) amaliy loyihaning (LYS) informatsion jamiyatda til nomli dastur loyihasida foydalanilgan (Ispaniyaning Koruna universiteti 2020 yil 28 iyundagi DNI-36111593Y-son ma’lumotnomasi). Natijada magistratura bosqich talabalarining frazeologizmlar mavjud matnlarni ilmiy tahlil qilish bo‘yicha malaka va ko‘nikmalarini oshirish imkoni beradi.
ingliz va o‘zbek tillaridagi frazeologizmlar tarkibida uchraydigan oziq-ovqat nomlari xalq mentalitetini anglatuvchi vosita ekanligi kabi ilmiy natijalaridan Buxoro viloyatida 2019 yil 21-23 fevral` kunlari bo‘lib o‘tgan «Birinchi Xalqaro ziyorat turizmi forumi» doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 22 iyundagi 02-16/3017-son ma’lumotnomasi). Natijada forumda ishtirok etgan mehmonlarning ingliz va o‘zbek xalqlarining qadimgi urf-odatlari haqidagi bilimlarini boyitishga xizmat qilgan.
turli tizimli tillarda oziq-ovqat komponentli frazeologizmlarning o‘ziga xos xususiyatlarining lingvokul`turologik aspektda o‘rganilishi hamda ularning ingliz va o‘zbek tillaridagi ekvivalentlik darajasi haqidagi ilmiy xulosalardan A-1-209 raqamli «Madaniyatlararo va kommunikativ yondashuv nigohida xorijiy filologiya magistratura mutaxassisligi bo‘yicha nazariy fanlardan ingliz tilida darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratish» mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 6 maydagi 89-03-1812-son ma’lumotnomasi). Natijada filologiya fakul`tetlari talabalariga og‘zaki va badiiy matnlardagi madaniy realiyani aks ettiruvchi oziq-ovqat komponentli frazeologizmlarning ekvivalentlaridan foydalanish imkoni yaratilgan.
ingliz va o‘zbek tillaridagi oziq-ovqat komponentli frazeologizmlarning shakllanish omillari xalq og‘zaki ijodi, mumtoz va badiiy adabiyot, tarixiy voqelik, milliy an’analar va urf-odatlar, diniy urf-odatlar, ijtimoiy o‘zgarishlar bilan bog‘liqligi, ularning millat an’analarida aks etishi haqidagi xulosalardan PZ-201709202 raqamli «Xorazm viloyati va Xiva shahrining turistik salohiyatidan samarali foydalanish va uni yanada oshirish strategiyasini ishlab chiqish» mavzusidagi amaliy granti loyihasida foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi hududiy innovatsiya faoliyati va texnologiyalarni transfer qilish markazi 2020 yil 12 maydagi 2/31-son ma’lumotnomasi). Natijada oziq-ovqat komponentli frazeologizmlarning etimologik jihatini o‘rganish yuzasidan to‘plangan ma’lumotlar tarixiy-madaniy, ekologik, agroturizm hamda gastronomik turizmning rivojlantirish salohiyatini oshirishga xizmat qilgan.