Muminova Dilshodaxon Abduvaxitovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy laraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz, rus va o‘zbek tillarida non mahsulotlari texnologiyasi terminlarining lisoniy xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B 2019.2. PhD / Fil 874.
Ilmiy rahbar: Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019. Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Sa’dullaeva Nilufar Azimovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Tuxtaxodjaeva Nargiza Akmalovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi non mahsulotlari texnologiyasi terminologiyasining o‘xshash va farqli jihatlarini ingliz, rus va o‘zbek tillari misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi non mahsulotlari texnologiyasi terminologiyasining etimologik xususiyatlarini diaxron aspektda aniqlash orqali terminlarning motivlashmagan va qisman motivlashgan shaklli modellari ishlab chiqilgan;
ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi non mahsulotlari texnologiyasi terminlarining lisoniy manzarani yaratishdagi tarkibiy tuzilishi til vakillarining milliy, etnik, tarixiy, ideologik qarashlariga asoslanganligi dalillangan;
non mahsulotlari texnologiyasi terminlarining semantik va sintaktik motivlashganligi, ma’no kengayishi, ma’no torayishi, metafora va metonimiya asosida yuzaga kelishi, terminlararo sinonimiya, antonimiya hamda omonimiya kabi lisoniy xususiyatlari aniqlangan;
non mahsulotlari texnologiyasi terminlarini non yopish sanoati asbob-uskunalari, xomashyo, yarimfabrikat va tayyor mahsulotlar xossalari, non pishirish jarayonlaridagi chiqim va nuqsonlarni atovchi terminlar kabi leksik-semantik guruhlarga ajratish orqali terminlarning sodda tub, sodda yasama, qo‘shma va birikma terminlar tarzida ifodalanishi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ingliz, rus va o‘zbek tillarida non mahsulotlari texnologiyasi terminologiyasini qiyosiy chog‘ishtirma planda o‘rganish asosida:
non mahsulotlari texnologiyasi terminlarining xomashyolarni ifodalashi bilan bog‘liq izohlardan AM-F3-2019081448-raqamli “Mahalliy xom ashyolardan oqilona foydalanib, glyutensiz non-bulka mahsulotlari tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish chiqitlaridan oqilona foydalanish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 24 noyabrdagi 89-03-4914-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz, rus va o‘zbek tillarida non mahsulotlari texnologiyasi terminlarining umumtexnik va tarmoqlararo ixtisoslikda qo‘llanilishi, tor mutaxassislikda ishlatilishi bilan bog‘liq izohlarning mukammallashuvi va konkretlashuviga asos bo‘lgan;
turli lingvistik va madaniy jamiyatlarda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish konsepsiyalarining ba’zi umumiy xususiyatlarini birlashtirganligini anglash maqsadida Indian Statistical Institute (Hindiston)da bajarilgan “Digitization and Documentation of Folk Language Data and Texts in West Bengal” 2013.S23.02.15 raqamli fundamental loyihasida foydalanilgan (Indian Statistical institutining 2020 yil 3 noyabrdagi 03.10.20-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihadagi tahlillar lisoniy, sotsial-madaniy va geoiqlim o‘zgarishlari bo‘yicha boyigan, turli lingvomadaniyatlarga xos iboralarini rasmiylashtirishga xizmat qilgan;
non mahsulotlari texnologiyasi terminlarining lingvomadaniy xususiyatlari bilan bog‘liq xulosalardan FZ-201912099- raqamli «O‘zbek fol`klorining o‘zbek va ingliz tillaridagi veb-sayti va mul`timedia mahsulotlarini yaratish» mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 24 noyabrdagi 89-03-4914-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek fol`klorida qo‘llangan non mahsulotlari nomlari milliy-madaniy izohlar bilan boyitilgan, leksikografik izohlari mukammallashtirilgan;
non mahsulotlari texnologiyasi termin va termin elementlarining leksikografik va konseptual tahlillari hamda ularda milliy-madaniy xususiyatlarning aks etishiga doir xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Mavzu”, “O‘zbekiston” telekanalida efirga uzatilgan “Assalom O‘zbekiston” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2020 yil 05 oktyabrdagi 02-02-912-son ma’lumotnomasi). Natijada non mahsulotlari texnologiyasi bilan bog‘liq termin va termin elementlarning leksikografik va konseptual tahlillari, milliy-madaniy xususiyatlari ko‘rsatuv hamda lavha mavzusini yoritishda, faktik asoslanishida hamda ilmiy-ommabop bo‘lishida muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.