Kadirova Dilfuza Neymatovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “To‘qima tasmalarini ishlab chiqarish texnologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari”, 05.06.02–“To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2019.4.DSc/T53
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01
Ilmiy maslahatchi: Daminov Asqarali Davlatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Alimova Xalima Alimovna, texnika fanlari doktori, professor; Axunboboev Oxunjon Abduraxmanovich, texnika fanlari doktori, k.i.x; Valiev G‘ulom Nabidjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muxandislik texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ishchi taranglik natijasida kam cho‘ziluvchan, ko‘p marotabalik egilishlarga chidamli, yuqori mustahkamlik va bikrlikka ega bo‘lgan transporter tasmalarini ishlab chiqarish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tanda iplarini to‘quv dastgohiga spiral uzluksiz taxtlash va arqoq ipini tanda bilan o‘rish usuli asosida choksiz to‘qimali tasmalar ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilgan;
noto‘qimali, xom va ishlov berilgan transporter tasmalarning qalinligi va og‘irligi bo‘yicha o‘zgarish bog‘lanishlari olingan;
to‘kuvchilik ishlab chiqarishida atrof-muhit xarorati va muvozanat namlikning vaqtga bog‘liq elastik taxtlash tizimidagi ipning relaksatsion bog‘lanishlari ishlab chiqilgan;
qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchan silindrlar sirti bo‘ylab sirpanishida ipning bikrligi, radiusi, ishqalanish burchagi va koeffisientini hisobga oluvchi arqoq ipi tarangligi aniqlangan;
moki ushlagich yuzasining holati, o‘lchamiga, arqoq ipining shakliga bog‘liq ishqalanish koeffisientini aniqlash uslubi va laboratoriya qurilmasi ishlab chiqilgan.
to‘kima kesimlari asosida murakkab o‘rilishli to‘qimalarni qurish dasturiy uslubi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
To‘qima tasmalarini ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlari natijalariga ko‘ra:
to‘qimali transporter tasmasini ishlab chiqarish usuli uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№ IAP 04992, 2015 y.; № IAP 06240, 2020). Natijada, choksiz to‘qima tasmalarini ishlab chiqarish imkoni yaratilgan;
transporter tasmani ishlab chiqarish texnologiyasi MChJ “Bel`teks” korxonasida joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2020 yil 
19 oktyabrdagi 04/18-2440-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, transporter tasmalarni qo‘llanilish muddatini uch yilga oshirishga imkoniyat yaratilgan;
ilmiy izlanishlar natijasida olingan transporter tasmalar Toshkent shahridagi “Mazali non” non ishlab chiqarish korxonasida tatbiq etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2020 yil 19 oktyabrdagi 04/18-2440-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, atrof-muhit namligi ta’sirida xom matodan tayyorlangan tasma massasining ortib ketishi o‘rtacha 25%, ishlov berilgan matodan tayyorlangan tasmada o‘rtacha 35% gacha kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish