Bekmirzaev Diyorbek Abdugapporovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Er osti fazoviy quvurlar tizimi seysmodinamikasi usullarini rivojlantirish», 05.09.02 – Asoslar, poydevorlar va er osti inshootlari. Ko‘priklar va transport tonnellari. Yo‘llar, metropolitenlar, 01.02.04 – Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/T331
Ilmiy maslahatchi: [Rashidov Tursunbay], texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mexanika va inshootlar seysmik mustaxkamligi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSs.18/30.12.2019.T.09.01 asosida bir martalik IK.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Hayat Zayirovich, texnika fanlari doktori, professor; Xusanov Baxtiyar Ergashbaevich, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Miralimov Mirzohid Xamitovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ixtiyoriy yo‘nalgan seysmik ta’sirlar, shu jumladan real zilzila yozuvlari asosida murakkab shakldagi er osti fazoviy quvurlar tizimi seysmodinamikasi usullarini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
seysmik ta’sirlarda (garmonik, so‘nuvchi garmonik, impul`s) to‘g‘ri chiziqli va murakkab tarmoqli er osti quvurlarining bo‘ylama tebranishlari seysmodinamikasi masalalarini hisoblashning sonli algoritmlari va usullari takomillashtirilgan;
ixtiyoriy yo‘nalgan seysmik ta’sirlarda fazoviy tebranishdagi er osti quvurlarining hamda tugun qismi absolyut qattiq jism ko‘rinishidagi murakkab tarmoqning differensial tenglamalar sistemasi Gamil`ton–Ostrogradskiy variatsion tamoyili asosida ishlab chiqilgan;
ixtiyoriy yo‘nalgan seysmik yuklamalardagi ulanish choklari bilan biriktirilgan er osti quvurlari seysmodinamikasining yangi masalalarini hisoblash uslubi ishlab chiqilgan;
ortogonal va noortogonal shakldagi er osti fazoviy quvurlar tizimining seysmodinamikasi masalalarini echish uchun chekli ayirmalar va chekli elementlar usullari asosida yangi hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan;
ilk bor real zilzila yozuvlari asosida tugunlar bilan biriktirilgan ortogonal va noortogonal shakldagi er osti quvurlari seysmodinamikasi masalalarining kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini aniqlash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Er osti fazoviy quvurlar tizimi seysmodinamikasi jarayonlarining tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
seysmik hududlarda er osti inshootlari va muhandislik tarmoqlarini QMQ 2.01.03-96 “Zilzilaviy hududlarda qurilish” me’yoriy qoidalari asosida ishlab chiqilgan hisoblash dasturi O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining «ToshuyjoyLITI», «O’ZBEKKOMMUNALLOYIHAQURILISH» va «QISHLOQQURILISHLOYIHA» tashkilotlari tomonidan loyihalanayotgan ob’ektlarni hisoblashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2020 yil 19 avgustdagi 09-06-6406 – sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish orqali resurs tejamkorlikka, ish sifati ortishiga va loyihalash jarayonidagi hisoblash vaqtini 2-3 marta tejash imkonini bergan;
seysmik yuklamalarda er osti fazoviy quvurlar tizimining kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini aniqlashning takomillashtirilgan usuli amaliyotda hisoblashga tatbiq etilgan va QMQ 2.01.03-96 “Zilzilaviy hududlarda qurilish” me’yoriy hujjatining, “Er osti inshootlari va muhandislik tarmoqlari” IV bo‘limini qayta ishlashda “ToshuyjoyLITI” AJ tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2020 yil 19 avgustdagi 09-06-6406 – sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi er osti quvurlarining zararlanishlarini va buzilishlarini oldini oladi hamda iqtisodiy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lgan favqulodda holatlarda avariya, qurilish-montaj ishlariga sarflanadigan sarf-harajatlarni tejash imkonini beradi;
er osti quvurlarining quduqlarini seysmik mustahkamlikka ta’sirini aniqlash va quduqlar bilan biriktirilgan quvurlarni kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini baholash uslubi QMQ 2.01.03-96 “Zilzilaviy hududlarda qurilish” me’yoriy hujjatining IV “Er osti inshootlari va muhandislik tarmoqlari” bo‘limini qayta ishlashda foydalanilgan, o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga amaliyotda qo‘llash uchun taqdim etildi (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2020 yil 19 avgustdagi 09-06-6406 – sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni qo‘llanilishi er osti inshootlarini zilzilabardoshligini oshirish va bo‘lishi mumkin bo‘lgan kuchli zilzilalar oqibatini kamaytirish imkonini beradi;
ixtiyoriy yo‘nalgan seysmik yuklanishlardagi er osti fazoviy quvurlari tizimining seysmik mustahkamligini hisoblash uslubi yaratildi, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tarmog‘idagi “KELAJAK-S” XK da er osti quvurlarini hisoblash va loyihalash jarayoniga tatbiq etildi (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2020 yil 19 avgustdagi 09-06-6406 – sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini qo‘llanilishi loyihalash jarayonidagi hisoblash vaqtini 2–3 marta tejalishiga, ob’ektning turg‘unligi hamda chidamliligini 1,2 marta zahira bilan hisoblanishiga erishilgan. Qurilish maydonining seysmik intensivligini hisobga olgan holda olingan natijalar quvurlarning ko‘milish chuqurligini 15–20 foizgacha kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish