Muminova Nargiza Maxsudjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «To‘qimachilik mahsulotlari savdosida talabni shakllantirish va sotishni rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish», 08.00.11–Marketing (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2017.1.PhD/Iqt.3
Ilmiy rahbar: Xashimov Akrom Abdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, DSc.27.06.2017.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Baltabaev Maxmud Rustamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ergashxodjaeva Shaxnoza Djasurovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotningmaqsadi: to‘qimachilik mahsulotlari savdosida talabni shakllantirish va sotishni rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish hamda maqsadli bozor segmentlariga yo‘naltirishning xalqaro marketing strategiyalarini belgilash yuzasidan ilmiy, uslubiy va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘qimachilik mahsulotlari marketingida milliy va xalqaro bozorlardagi talabni shakllantirish hamda sotishni rag‘batlantirishning ijtimoiy, iqtisodiy va tashkiliy usullariga asoslangan mexanizmi taklif etilgan;
xalqaro bozorlarda tarmoq mahsulotlariga barqaror talabni shakllantirish va ishonchli xaridorlarni maqbul segmentini yaratish maqsadida «direkt marketing» uslubiyoti takomillashtirilgan;
to‘qimachilik mahsulotlarini sotishni yanada rag‘batlantirish maqsadida ularning iste’mol darajasini baholovchi mezonlar hamda «mediarejalashtirish» tizimi takomillashtirilgan;
ekonometrik trend modeli asosida to‘qimachilik mahsulotlari maqsadli xalqaro bozorlarini segmentlash ulushining istiqbolli rivojlantirish ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
To‘qimachilik mahsulotlari savdosida talabni shakllantirish va sotishni rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
to‘qimachilik mahsulotlari tarmog‘ida xalqaro marketing tizimini samarali rivojlantirish, tarmoqlararo kooperatsiyalashuvni ta’minlash maqsadida ixtisoslashtirilgan tashqi savdo tashkilotini tashkil etish hamda maqsadli xalqaro bozorlarni segmentlash ulushini ekonometrik trend modeli asosida prognozlash bo‘yicha takliflar «O‘zbekengilsanoat» aksiyadorlik jamiyati amaliyotiga tatbiq etilgan («O‘zbekengilsanoat» aksiyadorlik jamiyatining 2016 yil 30 dekabrdagi BS-12-3519-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 dekabrdagi «2017-2019 yillarda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2687-son Qarorida inobatga olinib, unga muvofiq tashkil etilgan «O‘zto‘qimachilikeksport» mas’uliyati cheklangan jamiyatidagi ixtisoslashtirilgan tashqi savdo tashkilotining asosiy faoliyat yo‘nalishlarini belgilashda foydalanigan;
eksportyor to‘qimachilik korxonalarining «Eksport reytingini aniqlash metodikasi» «O‘zbekengilsanoat» aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kirgan Andijon, Buxoro va Toshkent viloyatlaridagi 15 dan ortiq to‘qimachilik korxonalarining eksport salohiyatini hamda xalqaro bozorlardagi raqobatbardoshligini baholashda foydalanilgan («O‘zbekengilsanoat» aksiyadorlik jamiyatining 2016 yil 30 dekabrdagi BS-12-3519-son ma’lumotnomasi). Natijada tanlangan korxonalarning 9 tasida eksport salohiyatining o‘sishi kuzatilgan;
«To‘qimachilik mahsulotlari iste’molchilari bozori segmentlarini aniqlash» metodikasi va «To‘qimachilik mahsulotlari iste’mol darajasini baholash mezonlari» «O‘zbekengilsanoat» aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi 10ta to‘qimachilik korxonalarining marketing dasturini ishlab chiqishda joriy etilgan («O‘zbekengilsanoat» aksiyadorlik jamiyatining 2016 yil 30 dekabrdagi BS-12-3519-son ma’lumotnomasi). Natijada to‘qimachilik mahsulotlari hajmining o‘sishi o‘rtacha 2185 mln. so‘mni tashkil etdgan;
«To‘qimachilik mahsulotlari iste’molchilari bozor segmentlari», «Sotilgan to‘qimachilik mahsulotlarning iste’mol darajasini baholash mezonlari»ni baholash metodikasi va «merchandayzing» usuli «Betlis tekstil» MChJ tomonidan mahsulotlarni sotish kanallari samaradorligini aniqlashda qo‘llanildi («Betlis tekstil» MChJning 2016 yil 23 dekabrdagi 24-son ma’lumotnomasi). Natijada ayollar va bolalar trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish bir oylik hajmining o‘sishi o‘rtacha 42,4 mln. so‘mni tashkil etdgan;
«mul`tibrending strategiyasi» trikotaj mahsulotlarini sotish tizimini mustahkamlashda «Barchinoy» xususiy korxonasi tomonidan qo‘llanildi («Barchinoy» XKning 2016 yil 22 dekabrdagi 285-son ma’lumotnomasi). Natijada mahsulotlar assortimenti 10 turga ko‘paytirilib, besh oy davomida 8 ta mahsulot turi bo‘yicha sotish hajmi o‘rtacha 132,6 mln. so‘mga oshgan.