Sayt test rejimida ishlamoqda

Primov Baxrom Xo‘jayorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Shelushil kamerali arrali jin ishchi kamerasi parametrlarini va harakat uzatish tizimini asoslash», 05.02.03–«Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2019.1.PhD/T1008
Ilmiy rahbar: Muxammadiev Davlat Mustafaevich texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi M.T.O‘rozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti».
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01
Rasmiy opponentlar: Madumarov Ilhom Dedaxanovich, texnika fanlari doktori, professor; Madraximov Dilshodbek Usupjonovich, PhD., katta ilmiy xodim.
Etakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxtani dastlabki qayta ishlash texnologiyasi talablariga javob beruvchi resurstejamkor yangi prinsiplar asosida takomillashgan arrali jin ishchi kamera shaklini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
arrali jin ishchi kamerasining shakli yuzasini kamaytirishga asoslangan resurstejamkor, yangi konstruksiyasi ishlab chiqilgan va paxta xomashyosini jinlash jarayoni takomillashtirilgan;
paxtadan tolani ajratish jarayoniga ta’sir etuvchi kuchlarni hisobga olgan holda xomashyo valigining arrali jin fartugi va old brusi yuzasidagi harakatini ifodalovchi matematik bog‘lanishlar ishlab chiqilgan;
xomashyo valigining kinematik tahlil qilish uskunasi va omillarning regression bog‘lanishlari ishlab chiqilgan;
arrali jinlash jarayonini hisoblash usuli ishlab chiqilgan hamda fartuk, old brus va arrali silindrning o‘zaro joylashuv o‘lchamlari aniqlangan;
arrali silindrning mashina agregat harakat tenglamasini tadqiqi asosida arrali jin energetik ko‘rsatkichlari va harakat uzatish tizimining ratsional qiymatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxtani dastlabki qayta ishlash texnologiyasi talablariga javob beruvchi resurstejamkor arrali jin ishchi kamera shaklini ishlab chiqish maqsadida olib borilgan tadqiqotlar asosida:
128 arrali jin ishchi kamerasining yangi shakli «O‘zpaxtasanoat» AJ tasarrufidagi «Andijon 1-son paxta tozalash» korxonasida joriy etilgan («O‘zpaxtasanoat» AJning 2020 yil 30 iyuldagi 03-18/2055-son ma’lumotnomasi). Natijada ishchi kamera shaklining yuzasi 25,5% kamayishi hisobiga arrali jin ish unumdorligini 12,5% oshirishga va energiya sarfini 8,8% kamaytirishga erishilgan;
128 arrali jin ishchi kamerasi va uning ratsional parametrlari O‘zpaxtasanoat» AJ tasarrufidagi «Andijon 1-son paxta tozalash» korxonasida joriy etilgan («O‘zpaxtasanoat» AJning 2020 yil 30 iyuldagi 03-18/2055-son ma’lumotnomasi). Natijada tolalar tarkibidagi nuqsonlar va iflos aralashmalar miqdori 0,2 (abs) % ga kamaygan, chigitning mexanik shikastlanishi 0,1 (abs) % ga pasayishi ta’minlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish