Sayt test rejimida ishlamoqda

Raximov Dilshod Po‘latovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘simlik moylarini modifikatsiyalash jarayoni asosida margarin sanoati yog‘larini ishlab chikarish texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik  va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash va qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1542.
Ilmiy rahbar: Ro‘ziboev Akbarali Tursunboevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Isabaev Ismoil Bobojonovich, texnika fanlari doktori, professor; Yunusov Obidjon Qodirovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Etakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘simlik moylarini modifikatsiyalash asosida margaringa xomashyo  ishlab  chiqarish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘simlik moylarini yod sonini, dispersli nikel` katalizatorlarini gidrogenlash jarayoniga bo‘lib berish bilan minimal darajaga tushirish aniqlangan;
margarin ishlab chiqarish uchun olinadigan yog‘li asos miqdorini belgilaydigan o‘simlik moylarini gidrogenlash va pereeterifikatsiyalash texnologik jarayonlari ishlab chiqilgan;
kukunli nikel` va natriy etilat katalizatorlarida tanlangan o‘simlik moylarini gidrogenlash va pereeterifikatsiyalashning maqbul texnologik rejimlari aniqlangan;
o‘simlik moylarini modifikatsiyalash (gidrogenlash va pereeterifikatsiyalash) usullari bilan olingan margarinlarning yog‘li asoslariga qo‘yiladigan asosiy texnologik talablar ishlab chiqilgan;
yog‘larni pereeterifikatsiyalash katalizatorlarini (natriy metilat yoki etilat) 0,5% dan 1,0% gacha bo‘lgan organik (limon, olma, sirka va) kislotalarining 2% suvli eritmasini kiritish orqali dezaktivatsiyalashni   usuli ishlab chiqilgan; 
margarin uchun modifikatsiyalangan yog‘li asoslarni olish texnologiyasini, rafinatsiyalangan o‘simlik moylarini gidrogenlash va pereeterifikatsiyalash jarayonlarini birgalikda qo‘llash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘simlik moylarini modifikatsiyalash jarayoni asosida margarin sanoati yog‘larini ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
moylarni Nisosel-820 katalizatorida chuqur gidrogenlash «O‘zyog‘moysanoat» uyushmasining «2021–2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zyog‘moysanoat» uyushmasiniig 2021 yil 16 fevraldagi KS/3-198-son ma’lumotnomasi). Natijada, qattiqligi 460 g/sm, erish haroratlari 52-55C bo‘lgan trans kislota miqdori 7% ga tushirilgan salomaslar olish texnologiyasini joriy qilish imkonini bergan;
olingan salomas va kungaboqar moyi, paxta moyini pereeterifikatsiyalash tarkibi natriy etilat katalizator ishtirokida olish texnologiyasi «O‘zyog‘moysanoat» uyushmasining «2021–2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zyog‘moysanoat» uyushmasiniig 2021 yil 16 fevraldagi KS/3-198-son ma’lumotnomasi). Natijada, trans kislota miqdori 2,1% ga tushirilgan pereeterifikatlar olish imkonini bergan;
olingan modifikatsiyalangan yog‘lar asosida margarin olish texnologiyasi
«O‘zyog‘moysanoat» uyushmasining«2021–2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zyog‘moysanoat» uyushmasiniig 2021 yil 16 fevraldagi KS/3-198-son ma’lumotnomasi). Natijada, margarin mahsuloti ishlab chiqarishni 20% ga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish