Mamatova Irodaxon Yusupovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ayrim tabiiy oziq-ovqat qo‘shilmalarini kimyoviy tarkibi asosida sinflash va ularni tuberkulyoz kasalligida qo‘llanilishi», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi, 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/K343.
Ilmiy rahbar: Asqarov Ibrohim Rahmonovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.05.01.
Rasmiy opponentlar: Isakov Xayatulla, texnika fanlari doktori; Dehqonov Raxmatillo Sultonovich, kimyo fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: “Majmui Raxmoniy”, “Astosh” va “Askal`siy” oziq-ovqat qo‘shilmalari tarkibidagi biologik faol moddalarni ajratib olish, ularni tuberkulez kasalligini davolash va oldini olishdagi ta’sir mexanizmlarini aniqlash, kimyoviy tarkibi asosida TIF TN bo‘yicha sinflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tuberkulyoz kasalligini davolash xususiyatiga ega bo‘lgan samarali oziq-ovqat qo‘shilmalari yaratilgan;
sil kasalligini davolash uchun tavsiya etilgan yangi oziq-ovqat qo‘shilmalarining kimyoviy tarkibi aniqlangan;
ilk bor oziq-ovqat qo‘shilmalaridan ajratib olingan avenatsin, kversetin va avenantramid moddalarining Mycobacterium tuberculosis bakteriyasiga qarshi faolligi aniqlangan;
olib borilgan klinik tadqiqotlar natijasida mazkur oziq-ovqat qo‘shilmalari tuberkulyoz bilan kasallangan be’morlarga ijobiy ta’sir etishi isbotlangan;
oziq-ovqat qo‘shilmalariga kimyoviy tarkibi asosida TIF TN bo‘yicha tovar kodlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ayrim oziq-ovqat qo‘shilmalarini ulardan ajratib olingan biologik faol moddalar kimyoviy tarkibi va tuzilishi asosida sinflash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Majmui Raxmoniy”, “Astosh” va “Askal`siy” oziq-ovqat qo‘shilmalari uchun O‘zbekiston Respublikasi O‘zstandart agentligi tomonidan muvofiqlik sertifikati olingan (№2476513, 2.12.2020 y.). Natijada, tuberkulyoz kasalligiga qarshi kurashish xususiyatiga ega bo‘lgan mazkur oziq-ovqat qo‘shilmalarini ishlab chiqarish imkonini bergan;
yangi oziq-ovqat qo‘shilmalariga kimyoviy tarkibi asosida TIF TN bo‘yicha “Suli asosida dorivor o‘simlik qismlari bilan boyitilgan oziq-ovqat qo‘shilmasi” (Astosh) uchun – 110412900, “Tuhum po‘chog‘i va dorivor o‘simlik qismlari bilan boyitilgan va lazer nurlarida faollashtirilgan oziq-ovqat qo‘shilmasi” (askal`siy) uchun – 0407220000, “Neftning uglevodorod fraksiyasidan tayyorlangan va dorivor o‘simlik qismlari bilan boyitilgan oziq-ovqat qo‘shilmasi” (Majmui Raxmoniy) uchun – 2710192901 kod raqamlari bojxona amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021 yil 7 apreldagi 1/16-131-son ma’lumotnomasi). Natijada, shu kabi oziq-ovqat qo‘shilmalarini eksport va impor qilishda ulardan undiriladigan boj to‘lovlarini nazorat qilish imkonini bergan.