Sayt test rejimida ishlamoqda

Karimov Ikromali Tojimatovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): ««Suyuqlik-suyuqlik-gaz» tizimli geterogen muhitlarga ishlov beruvchi apparatlar yaratish va kimyo sanoatida qo‘llash», 02.00.16 – Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish  jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/T393.
Ilmiy maslahatchi: Alimatov Baxodir Abdumannonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: G‘ulomov Shuxrat Mannopovich, texnika fanlari doktori, professor; Xudoyberdiev Absalom Abdurasulovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Raxmonov Toyir Zoyirovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Etakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: «Suyuqlik-suyuqlik-gaz» tizimli geterogen muxitlarga ishlov beruvchi barbotajli ekstraktorni yangi konstruksiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ekstraktorning aralashtirish zonalarida suyuqlik va gaz oqimlari parallel hamda qarama-qarshi yo‘nalishlarini, jarayon ishchi parametrlarini hisoblash imkonini beruvchi gidrodinamik tenglamalari yaratilgan;
gidrodinamika va massa almashinish jarayonlari barbotaj qatlamida tomchilarni maydalash va massa almashinish modellari takomillashtirilgan;
ekstraksiya jarayoni optimal rejimida  pufak va tomchilarning kontakt  yuzalariga bog‘liq holda, hajmiy massa o‘tkazish koeffisienti, qurilma pog‘onalarining FIK va soni aniqlangan;
yaratilgan qurilmaning optimal gidrodinamik rejimlarida massa almashinish jarayonida aralashma va ekstragent sarflarining  nisbatlari 3:1 da, ajratish 94-90% dan 99,75% gacha, ya’ni massa almashinish 5÷9,9% ga ko‘paygan, hamda ekstragent sarfi 10 marta kamayishi;
yaratilgan tenglamalar asosida yuqori samarali barbotajli ekstraktorni loyihalashning muhandislik uslublari ishlab chiqilgan;
gidrodinamik va massa almashinish jarayonlari jadallashtirilgan, samaradorligi yuqori barbotajli ekstraktorning yangi konstruksiyasi yaratilgan;
ekstraksiya jarayonini jadallashtirish hisobiga, sanoatda qo‘llaniladigan ekstraktorlarga nisbatan balandligi 3 marotaba ixcham barbotajli ekstraksion kolonna ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
«Suyuqlik-suyuqlik-gaz» tizimli geterogen muhitlarga ishlov beruvchi qurilmalar yaratish va kimyo sanoatida qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
5 pog‘onali barbotajli ekstraktor «Farg’onaazot» AJda butilatsetat ishlab chiqarishga amaliyotga joriy etilgan («O’zkimyosanoat» AJning 2020 yil 12-avgustdagi 24-3251-son ma’lumotnomasi). Natijada, ekstragent sarfini 10 marta kamaytirish va standart (A marka GOST8981-78, BA-99%) talablarga mos 99,75% tozalikdagi butilatsetat ishlab chiqarish imkonini bergan; 
5 pog‘onali barbotajli ekstraktor «Farg’onaazot» AJda etilatsetat ishlab chiqarishga amaliyotga joriy etilgan ((«O’zkimyosanoat» AJning 2020 yil 12-avgustdagi 24-3251-son ma’lumotnomasi). Natijada, ekstragent sarfini 10 marta kamaytirish va standart (A marka GOST8981-78, EA-99%) talablariga mos yuvish ko‘rsatkichi 99,7%ni tashkil etuvchi etilatsetat ishlab chiqarish imkonini bergan; 
3 pog‘onali barbotajli ekstraktor«FNQIZ» MChJda fenolli oqava suvlarini tozalashamaliyotga joriy etilgan («O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi»ning 2020 yil 30 oktyabrdagi 01-02/8-2586-son ma’lumotnomasi). Natijada, oqava suvidagi fenol konsentratsiyasini ruxsat etilgan me’yor (standart ISO 6439-90 bo‘yicha REK-0,001 mg/l) gacha tozalash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish