Sayt test rejimida ishlamoqda

Djumaev Ziyadulla Tashtemirovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Texnogen-buzilgan agrolandshaftlarning adaptiv meliorativ rejimlarini boshqarishning metodologik asoslari», 06.01.02 – Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T492.
Ilmiy rahbar: Ikramov Raximjon Karimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc. 03/30.12.2019.T.10.02.
Rasmiy opponentlar: Sherov Anvar Gulamovich, texnika fanlari doktori, professor; Murodov Rustam Anvarovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Etakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sug‘oriladigan erlarning texnogen-buzilgan agrolandshaftlari holatini va adaptiv-meliorativ rejimlarini boshqarishning baholash uslubiyatini takomillashtirish hamda mazkur uslubni yarim gidromorf va avtomorf tuproqlar sharoiti uchun asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sug‘oriladigan er maydonlarining meliorativ ko‘rsatkichlari hamda kollektor-drenaj suvlari oqimi, yuvilish sug‘orish rejimi va aeratsiya zonasida suv-tuz almashinishi asosida texnogen-buzilgan agrolandshaftlarni baholashning takomillashtirilgan usuli ishlab chiqilgan;
tuproqning meliorativ rejimi, sug‘orish tartibi, evapotranspiratsiya miqdori, sho‘r yuvish me’yori, atmosfera yog‘inlari va sizot suvlari sathini hisobga olgan holda sug‘orish suvining mahsuldorligini baholash uslubi takomillashtirilgan;
sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini baholash uslubi erlarning meliorativ kadastrini yuritish asosida takomillashtirilgan;
texnogen-buzilgan agrolandshaftlarda sug‘orish tarmoqlarining fil`tratsiyasini kamaytirish va kollektor-drenaj tarmoqlarining solishtirma miqdorini oshirish hisobiga ekinlarning ildiz qatlamiga keladigan tuz miqdorini kamaytirish asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Texnogen-buzilgan agrolandshaftlarning adaptiv meliorativ rejimlarini boshqarishning metodologik asoslari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
sug‘oriladigan erlar tekislangan va sug‘orishda o‘q ariqlar o‘rniga ko‘chma sug‘orish novlaridan foydalanib sug‘orish usuli Zarbdor tumanidagi fermer xo‘jaliklarida joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 27 yanvardagi 04/25-280-son ma’lumotnomasi). Natijada hosil miqdori qo‘shimcha 4-5 s/gektar gacha ortib, mavsumiy sug‘orish me’yorini 10-15 % ga iqtisod qilish imkoniyati yaratilgan; 
sug‘oriladigan erlar tekislangan va sug‘orishda o‘q ariqlar o‘rniga ko‘chma sug‘orish novlaridan foydalanib sug‘orish usuli Paxtakor tumanidagi xo‘jaliklarida jami 37 ga maydonda joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 27 yanvardagi 04/25-280-son ma’lumotnomasi). Natijada sug‘orish suvini gektaridan 440 m3 tejash imkoniyati yaratilgan;
yarim gidromorf va avtomorf tuproqlar sharoitida g‘o‘zani ochiq maydonga haydab ekish texnologiyalari bo‘yicha tajriba dalalarida tupoqning sug‘orish oldi namligini ChDNSga nisbatan 70-70-60 % ushlab turish dala tadqiqotlari olib borilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 27 yanvardagi №04/25-280-son ma’lumotnomasi). Natijada hosildorlik 34,9-35,9 s/gektarni tashkil qilib, suvchilar ishining unumdorligi 20 % ga oshgan va yoqilg‘i-moylash materiallari 10 % ga tejalishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish