Sayt test rejimida ishlamoqda

Turlibaev Zakir Temirxanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston Respublikasining gidromorf tuproqlari sharoitida g‘o‘zani subirrigatsiya usulida sug‘orishning samaradorligi», 06.01.02 – Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T1493.
Ilmiy rahbar: [Qurbanbaev Erejep], texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat univerciteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.03/30.12.2019.T.10.02 
Rasmiy opponentlar: Ikramov Raximdjan Karimovich, texnika fanlari doktori, professor; Matyakubov Baxtiyor Shamuradovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Respublikamizning shimoliy xududlari o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida suv tanqisligini yumshatish uchun g‘o‘zani subirrigatsiya usuli bilan sug‘orish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor, shimoliy xududning o‘tloqi-alyuvial, mexanik tarkibi o‘rta qumoq tuproqlari sharoitida zovur suvlarining mineralizatsiyasini hisobga olgan holda g‘o‘zani subirrigatsiya sug‘orish texnologiyasi takomillashtirilgan;
subirrigatsiya sug‘orish usuli sizot suvlar sathi 2-3 m va mineralizatsiyasi 2,0-2,5 g/l bo‘lgan o‘tloqi-allyuvial tuproqlar sharoitida g‘o‘zaning suvga bo‘lgan sug‘orish muddatlari, soni, davomiyligi, amal davridagi va mavsumiy sug‘orish me’yorlari aniqlangan;
g‘o‘zani subirrigatsiya usulida sug‘orishda erlarning meliorativ holati, sizot suvlar sathi va minerallashganlik darajasining o‘zgarishi hamda tuproqning suv-fizikaviy xossalari asosida tuproqning usimlik qatlamida namlikni uzoq vaqt saqlab turish usuli ishlab chiqilgan;
subirrigatsiya sug‘orish usuli asosida mineralizatsiyasi kam bo‘lgan zovur suvlarini to‘sish orqali g‘o‘zaning ildiz qatlamidagi tuproq namligining uzoq vaqt saqlab turish rejimi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘tloqi-allyuvial tuproqlar sharoitida g‘o‘zani subirrigatsiya sug‘orish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
tuproqning faol qatlamida tuproq namligini ta’minlashda zovur suvlarini sun’iy to‘sish orqali subirrigatsiya sug‘orish usuli Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tasaruffidagi Qoraqalpog‘iston Meliorativ ekspedisiyasiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 
22 oktyabrdagi 02/02-3-354-son ma’lumotnomasi). Natijada tuproqning faol qatlamida namlikning uzoq vaqt saqlanish imkoniyati yaratilgan;
o‘tloqi-alyuvial tuproqlarda qishloq xo‘jalik ekinlarini subirrigatsiya sug‘orish usuli Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tasaruffidagi Suenli irrigatsiya tizimlari boshqarmasida joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 22 oktyabrdagi 02/02-3-354-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘zani subirrigatsiya sug‘orish usulida etishtirilganda 850-900 m3/ga suv iqtisod qilinishiga, tuproqning sho‘rlanish 0,038 % ga, mavsumiy tuz to‘planish koeffisienti 0,18 ga kamayishiga, paxtadan olinadigan hosil 4,5-5,7 s/ga oshishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish