Sayt test rejimida ishlamoqda

Sarimsakov Baxtiyor Raxmonjanovichning
falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):“Kombinatsiyalashgan agregatning g‘o‘zapoyalarni ezib-bo‘laklaydigan tishli g‘altagi parametrlarini asoslash”, 05.07.01–Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2021.2.PhD/T1667.
Ilmiy rahbar: Xudayarov Berdirasul Mirzaevich, texnika fanlari doktori,professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSs.03/30.12.2019.T.10.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaquziev Abdusalim, texnika fanlari doktori, professor; Xudoyarov Anvar Nazirjonovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Etakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: g‘o‘zapoyalarni yulib olmasdan ularni pushta yuzasiga harakat yo‘nalishi bo‘yicha yotqizadigan va ezib-bo‘laklaydigan tishli g‘altak parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pushtadagi g‘o‘zapoyalarni yulib olmasdan, ularni agregat harakati bo‘yicha yotqizib bir yo‘la ezib-bo‘laklaydigan tishli g‘altakning texnologik ish jarayoni asoslangan va konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
tishli g‘altakning diametri unga g‘o‘zapoyalarni o‘ralib qolmasligi, ish kengligi esa pushta yuzasi tekis qismining enini hisobga olgan holda asoslangan;
g‘o‘zapoyalarni ezib-bo‘laklanganlik darajasining yuqori ko‘rsatkichlarini ta’minlash asosida g‘altak tishlari soni, balandligi va qalinligi radiusi aniqlangan;
agregat tayanch g‘ildiraklariga tish o‘rnatish va ularni g‘o‘zapoyali pushta yuzasida harakatlantirish hisobiga g‘o‘zapoyalarni ezib-bo‘laklash hamda, agregat massasidan tik yuklanish sifatida foydalanish asosida sarflanadigan energiyani tejash aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
kombinatsiyalashgan agregatning g‘o‘zapoyalarni ezib-bo‘laklaydigan tishli g‘altagi parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
g‘o‘zapoyalarni yulib olmasdan pushtaga yotqizib bir yo‘la ezib-bo‘laklaydigan ishchi qismli agregatga dastlabki talablar va texnik topshiriq tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 31 oktyabrdagi 02/023-3572-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘zapoyalarni joyidaezib-bo‘laklaydigan tishli g‘altakli agregat konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan.
pushtadagi g‘o‘zapoyalarni yotqizib ezib-bo‘laklaydigan tishli g‘altakli kombinatsiyalashgan agregat Toshkent va Namangan viloyati fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 31 oktyabrdagi 02/023-3572-son ma’lumotnomasi). Natijadag‘o‘zapoyalardan organik o‘g‘it sifatida foydalanish uchun ularni maydalashda ish unumi oshgan, sarflanadigan umumiy foydalanish xarajatlari 1,22 martadan ko‘proqqa kamaygan.
pushtadagi g‘o‘zapoyalarni yotqizib bir yo‘la ezib-bo‘laklaydigan tishli g‘altak bilan jihozlangan agregatning loyiha konstruktorlik hujjatlari «BMKB-Agromash» AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 31 oktyabrdagi 02/023-3572-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘zapoyalarni ezib-bo‘laklaydigan ishchi qismli kombinatsiyalashgan agregatni ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish