Kayumov Baxodir Maksudjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Kulon to‘sig‘iga yaqin bo‘lgan energiyalarda og‘ir ionlar o‘rtasidagi o‘zaro ta`sir dinamikasi», 01.04.08 – Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2018.2.PhD/FM252
Ilmiy rahbar: Nasirov Avazbek Karimovich, fizika-matematika fanlari doktori
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akdemiyasi Yadro fizikasi instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.33.01.
Rasmiy opponentlar: Artemov Sergey Viktorovich fizika-matematika fanlari doktori, professor; Olimov Xusniddin Qosimovich fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy Universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: boshlang‘ich energiya va orbital momentning har xil qiymatlari uchun reaksiya natijasida kuzatilgan mahsulotlar chiqish extimolligiga turli mexanizmlarning qo‘shgan hissasini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
energiyaning potensial to‘siqdan past qiymatlari uchun 36S+206Pb va 34S+208Pb reaksiyalariga qamrash kesimining to‘siq osti qiymatlari hisoblangan;
36S+206Pb va 34S+208Pb reaksiyalarining 2n va 3n emissiya kanallari uchun bug‘lanish qoldig‘i kesimlarida kuzatilgan eksperimental qiymatlaridagi katta farq sabablari, ushbu reaksiyalarning o‘zaro ta`sir potensiallari va qo‘shilish bar`erlari orasidagi farq hisobiga kelib chiqishi ko‘rsatilgan;
78Kr(10 MeV/nuk.)+40Ca reaksiyasida old yarim shar qismida snaryadga o‘xshash mahsulotlarning kuzatilishini, hosil bo‘lgan qo‘shaloq yadro sistemasining 180o ga burilib bo‘linish natijasidagi mahsulotlar sifatida izohlovchi yangi usul taklif qilingan;
48Ti+208Pb reaksiyasi bo‘linishida, kvazibo‘linish mahsulotlari bo‘linishga o‘xshash, ya’ni, qo‘shilish-bo‘linish mahsulotlari massa taqsimoti kengligining oshishiga sababchi ekanligi ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kulon to‘sig‘iga yaqin bo‘lgan energiyalarda og‘ir ionlar o‘rtasidagi o‘zaro ta`sir dinamikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
36S+206Pb va 34S+208Pb kamrash reaksiyalari to‘siq osti kesimining hisoblangan qiymatlari xorijiy olimlar tomonidan foydalanilgan (xalqaro ilmiy jurnallardagi havolalar: Nuclear Physics A 994, 121662, 2020; Physical Review C 101, 014616, 2020; Physical Review C 101, 064604, 2020; Journal of Physics G: Nuclear and Particle Physics 47, 075106, 2020). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi turli xil reaksiyalarda boshlang‘ich energiyaning potensial to‘siqdan past qiymatlari uchun kamrash kesimining to‘siq osti qiymatlarini xisoblashga imkon bergan;
36S+206Pb va 34S+208Pb reaksiyalarida bug‘lanish qoldiq kesimlarining qiymatlari o‘rtasidagi katta farqni tushuntirish uchun olingan natijalar xalqaro tadqiqotchilar tomonidan yangi nazariy yondashuvni sinab ko‘rish uchun ishlatilgan (xalqaro ilmiy jurnallardagi havolalar: Nuclear Physics A 994, 121662, 2020; Physical Review C 101, 014616, 2020; Physical Review C 101, 064604, 2020; Journal of Physics G: Nuclear and Particle Physics 47, 075106, 2020). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi kirish kanalining rolini qo‘shaloq yadro sistemasining evolyusiyasiga qo‘shgan xissasini izohlashga imkon bergan;
78Kr(10 MeV/nuk.)+40Ca reaksiyasida old yarim shar qismida snaryadga o‘xshash mahsulotlarning kuzatilishi uchun taklif qilingan usul chet ellik tadqiqotchilar tomonidan foydalanilgan (xalqaro ilmiy jurnallardagi havolalar: The European Physical Journal A 55, 29, 2019; Journal of Physics G: Nuclear and Particle Physics 47, 045115, 2020; Journal of Physics G: Nuclear and Particle Physics 47, 075106, 2020). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi qo‘shaloq yadro sistemasidan snaryadga o‘xshash mahsulotlarni chiqishini o‘rganish va shu sistemaning yashash vaqtini baxolashga imkon bergan;
48Ti+208Pb reaksiyasi bo‘linishidagi kvazibo‘linish mahsulotlari rolini o‘rganishdan olingan nazariy xisoblashlar chet ellik tadqiqotchilar tomonidan tadqiq etilayotgan reaksiyalarda massa taqsimotini o‘rganishda foydalanilgan (xalqaro ilmiy jurnallardagi havolalar: Physical Review C 98, 034601, 2018; Physical Review C 98, 014606, 2018; Physical Letters B 803, 135297, 2020). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi past energiyalarda og‘ir ionlar o‘rtasidagi reaksiyalarda raqobatlashuvchi mexanizmlarni bir biridan ajratib olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish