Allanov Orif Menglimuratovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Simmetrik shifrlash algoritmini takomillashtirish va kriptotahlil usullari yordamida baholash», 05.01.05 – Axborotlarni himoyalash usullari va tizimlari. Axborot xavfsizligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T1940.
Ilmiy rahbar: Abduraximov Baxtiyor Fayzievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev G‘ayrat Umarovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent; Yusupov Bohodir Karamatovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot nomi: «UNICON.UZ» – fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘z DSt 1105:2009 simmetrik shifrlash algoritmini takomillashtirish hamda uning bardoshliligini integral va algebraik kriptotahlil usullari yordamida baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘z DSt 1105:2009 simmetrik shifrlash algoritmining bardoshligi integral va algebraik kriptotahlil usullari yordamida baholangan;
o‘rniga qo‘yish va aralashtirish akslantirish usullarida parametrlarni statik tanlash orqali takomillashtirilgan O‘z DSt 1105:2009 simmetrik shifrlash algoritmi ishlab chiqilgan;
takomillashtirilgan O‘z DSt 1105:2009 simmetrik shifrida foydalanilgan akslantirishlar asosida raund kalitlarini hosil qilish algoritmi ishlab chiqilgan;
takomillashtirilgan O‘z DSt 1105:2009 simmetrik shifrlash algoritmining bardoshligi integral va algebraik kriptotahlil usullari yordamida baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Taklif etilgan raund kalitini generatsiyalash usuli va takomillashtirilgan O‘z DSt 1105:2009 simmetrik shifrlash algoritmining dasturiy vositasi bo‘yicha olingan natijalar bo‘yicha:
takomillashtirilgan O‘z DSt 1105:2009 shifrlash algoritmining dasturiy vositasi va kriptotahlil natijalari «UNICON.UZ» DUK ga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 1 apreldagi № 33-8/2358-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida takomillashtirilgan ma’lumotlarni shifrlash algoritmi milliy himoyalangan elektron tizimlarda ma’lumotlar konfidensialligini ta’minlash imkonini bergan;
o‘rniga qo‘yish va aralashtirish akslantirish usullaridagi parametrlarni statik tanlash, raund kalitlarini bevosita generatsiyalash asosida takomillashtirilgan O‘z DSt 1105:2009 shifrlash algoritmining  dasturiy vositasi Toshkent shahri «SSP Maroqand» ko‘p funksiyali axborot markazi unitar korxonasiga joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 1 apreldagi  № 33-8/2358-son ma’lumotnomasi). Takomillashtirilgan O‘z DSt 1105:2009 shifrlash algoritmining dasturiy vositasi mijoz ma’lumotlarini 300 Kbit/s tezlikda shifrlash imkonini bergan;
takomillashtirilgan O‘z DSt 1105:2009 shifrlash algoritmining dasturiy vositasi, S bloklarni generatsiyalashdagi yondashuv va raund kalitlarini generatsiyalash algoritmi Mudofaa vazirligi Axborot – kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti kafedrasida «Kriptografiya usullari» fani doirasida kursantlar uchun o‘quv jarayonida tatbiq etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 1 apreldagi  № 33-8/2358-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida takomillashtirilgan O‘z DSt 1105:2009 shifrlash algoritmi mavjudiga nisbatan 22 Kbayt/s ga yuqori tezlikda shifrlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish