Umarova Nargizaxon Rustamovnaning
filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Alisher Navoiy asarlarining lisoniy-konseptual tadqiqi», 10.00.01 – O‘zbek tili.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2020.4.DSc/Fil250
Ilmiy maslahatchi: Iskandarova Sharifa Madalievna filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Xolmanova Zulxumor Turdievna, filologiya fanlari doktori, professor; Husanov Nishonboy Abdusattorovich, filologiya fanlari doktori, professor; Odilov Yorqinjon Raxmonalievich, filologiya fanlari doktori, professor
Alisher Navoiy asarlarining lisoniy-konseptual tadqiqi
Yetakchi tashkilot nomi: Urganch davlat universitet.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: Dissertatsiyaning asosiy maqsadi Alisher Navoiy asarlarida faol lug‘aviy konseptlar asosida idrok etilgan olamning lisoniy manzarasini tavsiflash, eski o‘zbek tilidagi konsept va kategoriyalarning milliy-lisoniy manzaradagi o‘rnini belgilash, shu orqali til va uning idrok etilishi jarayonida yuz bergan tarixiy o‘zgarishlarni ilmiy dalillashdan iborat..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Navoiy asarlarida qo‘llanilgan libos, rang, yosh, qiyos kategoriyalari va ularning semantik xususiyatlari kognitiv asosda yoritilib, shoir ijodi bilan bog‘liqlikda libos so‘zi, shuningdek, qora, sariq, yashil va qizil ranglarning lisoniy, badiiy, diniy-falsafiy, tasavvufiy talqinlari hamda ularning manba lug‘atlardagi izohi bilan bog‘liq farqlar aniqlangan hamda sariq rang genezisiga doir ilmiy farazlar ilgari surilgan;
milliy tilimizning eski o‘zbek tili davrini tavsiflovchi, shoir asarlarida faol qo‘llangan lug‘aviy konseptlar – Navoiy talqinidagi so‘zning mohiyat va hodisa sifatidagi xossalari, olamning tarixiy-lisoniy manzarasi, tabiat konsepti doirasida esa hayvonot va nabotot konseptosferasiga xos kognitiv jihatlar konseptosfera a’zolari paradigmasi va ularning manbalardagi lug‘aviy izohi, etimon ma’nosi, “Saddi Iskandariy” dostonida ular orqali voqelanadigan metafora, qiyos kabi uslubiy xususiyatlar asoslangan;
“Saddi Iskandariy” dostonidagi hukmdor, kema, tuhfa, oltin lug‘aviy konseptlarining umumturkiy, milliy, diniy, falsafiy tafakkurdagi timsollariga xos freym tuzilishi aniqlanib, kema va oltin leksemalari semantik jihatdan matnning tayanch lug‘aviy birligi ekanligi dalillangan;
Navoiy tilining milliy va madaniy xususiyatlari qator lug‘aviy konseptlar, jumladan, yosh kategoriyasida `keksalik`, libos kategoriyasida `zebo libos` tushunchalari hamda terlik, to‘n so‘zlari vositasida isbotlangan;
shoir asarlarida qo‘llanilgan lug‘aviy konseptlardagi olamni idrok etish bilan bog‘liq dinamik o‘zgarishlar va statik holatlar – ko‘ylak, tarozi, sariq, qizil, yilqi, kiyik, yilon, o‘rik, olu, ko‘karchin so‘zlarining til xotirasida unutilgan etimon ma’nosi tarixiy lug‘at manbalari qiyosi asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqotning nazariy takliflari, amaliy tavsiyalari va xulosalari quyidagilarga tatbiq etilgan:
Navoiy asarlarida qo‘llangan libos, rang, yosh, qiyos kategoriyalari semantik xususiyatlarining kognitiv asoslari, libos so‘zi, shuningdek, qora, sariq, yashil va qizil ranglarining lisoniy, badiiy, diniy-falsafiy, tasavvufiy talqinlari hamda ularning manba lug‘atlardagi izohi bilan bog‘liq farqlar, sariq rang genezisiga doir xulosalardan “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik liseylar va kasb-hunar kollejlarida o‘zbek tili va adabiyoti fanlarini o‘qitishning innovatsion metodlari” mavzusidagi F – 7.2.1 (PFI – 1 fundamental tadqiqotlar bo‘yicha) raqamli fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 12 noyabrdagi 89-03-4612-son ma’lumotnomasi). Natijada Navoiy asarlari tadqiqida qiyos kategoriyasi lisoniy ifodasining nazariy va amaliy tomonlari loyiha doirasida asosli va tizimli xulosalar chiqarishga yordam bergan;
Navoiy tilining milliy va madaniy xususiyatlari lug‘aviy konseptlar, jumladan, yosh kategoriyasida `keksalik`, libos kategoriyasida `zebo libos` tushunchalari hamda terlik, to‘n so‘zlari borasidagi nazariy xulosalaridan 574097-ERR-2016-1-SY-eppka2-CBHE-JP raqamli, “RUECVET: Pilotirovanie professional`nogo obrazovaniya i obucheniya Rossiya i Uzbekistana” nomli Evroittifoq proekti asosidagi Erasmus+fundamental loyihasida kasb-hunar kollejlari hamda akademik lisey o‘qituvchilari uchun tashkillangan malaka oshirish kurslarini o‘tkazishda, dasturlar tuzishda keng foydalanilgan (O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 12 noyabrdagi 89-03-4612-son ma’lumotnomasi). Natijada shoir asarlarida qo‘llangan faol lug‘aviy birliklarning tushunarliligi ortgan, lisoniy-konseptual tadqiq usullaridan foydalanish imkoniyati yuzaga kelgan;
milliy tilimizning tarixiy davrlarida faol bo‘lgan lug‘aviy konseptlar, Navoiy talqinidagi so‘zning mohiyat va hodisa sifatidagi xossalari, olamning lisoniy manzarasi, tabiat konsepti doirasida esa hayvonot va nabotot tushunchalariga xos kognitiv jihatlariga doir qarashlaridan OT-F1-100 raqamli “Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy-madaniy faoliyatining badiiy-ijodiyot vositalari asosida nazariy va amaliy takomillashuvi” nomli fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zR Oliy va o‘rta maxsus vazirligining 2020 yil 12 noyabrdagi 89-03-4612-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida chop etilgan “Shaxs va qadriyatlar” nomli monografiya materiallarining mazmuni mukammallashgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan;
shoir asarlarida qo‘llangan lug‘aviy konseptlardagi olamni idrok etish bilan bog‘liq dinamik va statik o‘zgarishlar ko‘ylak, tarozi, sariq, qizil, yilqi, kiyik, yilon, o‘rik, olu, ko‘karchin so‘zlarining til xotirasida unutilgan etimon ma’nosiga doir materiallardan A-1-099 raqamli “O‘zbekistonning barqaror strategik taraqqiyotida fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish va ma’naviy-axloqiy xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyalarining ahamiyati” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 12 noyabrdagi 89-03-4612-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida nashr etilgan o‘quv-uslubiy ko‘rsatmaning nazariy tomonlarini yoritishda dissertatsiya xulosalariga asoslanilgan;
“Saddi Iskandariy” dostonidagi hukmdor, kema, tuhfa, oltin lug‘aviy konseptlari freym tarkibi, kema va oltin leksemalari semantik jihatdan matnning tayanch lug‘aviy birligi ekanligi doirasidagi xulosalardan I-2013 57 raqamli “IJTIMOIY EKOLOGIYa MUAMMOLARI” nomli monografiya tayyorlash va chop etish” mavzusidagi innovatsion loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 12 noyabrdagi 89-03-4612-son ma’lumotnomasi). Natijada Navoiy asarlarida qo‘llangan ijtimoiy-ekologik tushunchalarga oid fikr-mulohazalar loyiha doirasidagi muammolarning muayyan darajada hal etilishiga olib kelgan;
tadqiqotning milliy g‘urur va ma’naviy iftixorimiz timsoliga aylangan ulug‘ shoir ijodiy merosining o‘zbek madaniyati va tarixida tutgan o‘rni, asarlarining tarbiyaviy va ta’limiy ahamiyati, filologik tadqiqi, shoirning so‘z va uning mohiyati, nutq va notiqlik madaniyati haqidagi talqinlari ifodalangan materiallaridan Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining “Interv`yu”, “Zamondosh”, “Adabiy muhit”, “Qadriyat”, “Ma’naviyat – qalb ko‘zgusi”, “Ziyo sari” ko‘rsatuvlari hamda “Ma’naviyat”, “Ziyo maskanlarida”, “E’tirof” nomli radioeshittirishlarining maxsus dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining 2020 yil 23 oktyabrdagi 367-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuv va eshittirishlar ma’naviy-ma’rifiy hamda milliy jihatdan boyigan, xalqchilligi ortgan;
dissertatsiya natijalaridan Farg‘ona viloyati “Ruxsor” teleradiokanalining “Til – millatning qalbi, g‘ururi” turkum ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (Farg‘ona viloyati “Ruxsor” teleradiokanalining 13.10.2020 yildagi 236-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlar ma’rifiy va amaliy jihatdan boyigan.